So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  6 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  4 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

No'mon Hasanov: “So'nggi daqiqalarda gol o'tkazish alamli, albatta” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “So'nggi daqiqalarda gol o'tkazish alamli, albatta”

“Qizilqum” - “Paxtakor” jamoalari bahsidan so'ng, matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- O'yin juda qiziqarli bo'ldi, - deya so'z boshladi “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi. - Ammo so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish alamli, albatta. Keyingi paytlarda jamoamiz azolari murakkab o'yinlarni o'tkazyapti. Osiyo CHempionlar ligasi uchrashuvidagi charchoqlar tarqamasdan turib, etakchi jamoalardan biri “Nasaf”ga qarshi o'ynashdi. Bugun Navoiyda yanada og'ir o'yin o'tkazdi. Yigitlarga qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida taktik o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi edik. Afsuski, tarkibdagi o'zgarishlar hisobni ushlab qolishga yordam bera olmadi.
Navoiyda juda chiroyli futbol muhitida o'ynadik. Stadionda yaratilgan shart-sharoitlar, maydonning holati alo darajada. SHunday sharoitga munosib jamoa paydo bo'lganligidan xursand bo'ldim. Bugun “Qizilqum”ning mag'lubiyatdan qutulib qolishiga ko'proq muxlislar yordam qilishdi. Bejizga ishqibozlarni jamoaning o'n ikkinchi o'yinchisi, deb aytmasliklarining yana bir bor guvohi bo'ldik. Ular oxirgi daqiqalargacha jamoalarini qo'llab-quvvatlashdi.

Stanislav Andreev, Jamshid Iskanderov, Javohir Sohibovning o'rni bugun bilindi. Sohibov keyingi uchrashuvlardan boshlab tarkib qaytadi. Ammo Andreev hamda Iskanderovlarning jamoa safiga qo'shilishi uchun kamida ikki oy vaqt zarur, - deydi Hasanov.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика