So’nggi yangiliklar

20:35U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  44 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

No'mon Hasanov: “Paxtakor” yanada ko'proq gol urishi mumkin edi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Paxtakor” yanada ko'proq gol urishi mumkin edi"

O'zbekiston kubogi yarim final doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.

No'mon Hasanov: - Avvalambor, muxlislarimizga rahmat bizni tinimsiz qullab-quvvatlab turishgani uchun. Ulardan uzr suraymiz, bunday hisobda mag'lubiyatga uchramasligimiz kerak edi.

Himoyachilarimiz ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Ayniqsa birinchi daqiqada juda qo'pol xato bo'ldi. “Paxtakor”dek jamoaga qarshi o'ynaganda bunday xatolar qilish mumkin emas edi. Bizda ham to'p kiritish uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Lekin ulardan foydalana olmadik. Raqib yanada ko'proq gol urishi mumkin edi. "Paxtakor" oldingi o'yinlarga qaraganda ancha kuchaygani sezilib turibdi.

- Asadovni yaqqol hujumchi sifatida o'ynamayotgan edi. Bugun tarkib tanlashda adashdim degan fikr sizni qiynamayaptimi?

- Bizda hujumchi yo'q. Bilasiz Jasurbek Hakimov "Paxtakor"dan ijaraga olingan. Otaqo'ziev esa ikki kun oldin mashg'ulotlarni boshladi. Tarkib tanlashda adashmadim deb o'ylayman. Superligada biz bu jamoa bilan ikki marta durang o'ynagandik, aytayapmanku "Paxtakor"ning o'yini kuchayibdi. Barcha futbolchilarimiz yaxshi o'ynashdi. Birinchi daqiqada gol o'tkazib yuborganimiz ham bizga pand berdi. Keyin penaltidan hisobni tenglashtirdik. Lekin xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Bu taqdir, taqdirga tan berish kerak. Masalan, G'iyos Komilov bo'sh darvozaga gol ura olmadi...

- "Paxtakor" bilan Superligadagi ikkala o'yinda ham himoyada yaxshi o'ynagandingiz. Bugun raqib boshqacha taktikada o'ynadii yoki sizning jamoaingizmi?

- Agar ikkinchi golni urganimizda umuman boshqacha o'yinga guvoh bo'lardik. Bu futbol unda nimalar bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi.

- Yil boshida tanishtiruv marosimida Drajen Dukich sizning yoningizda o'tirgan va himoyaga masul murabbiy deb aytgandingiz. Hozir u ko'rinmay qoldi...

- Dukich bilan sog'ligi bilan muammolar paydo bo'ldi. SHu bois uni vataniga ketishiga rozilik berdik.

- Jamoa ruhiy tushkunlikka tushib qolgandek ko'rinmoqda.

- Yo'q nega endi. Futbolchilarimga ishonaman. Yaxshi futbolchilarimiz bor. To'g'ri "Paxtakor" bilan solishtirib bo'lmaydi. Raqibning zaxira o'rindig'iga qarang... Yozgi transfer bozori vaqtida 3 nafar futbolchi kerakligini aytdim, o'xshamadi. Serbiyalik hujumchini jamoaga olib kelmoqchi edim, barchasi mablag'ga borib taqaldi.
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика