No'mon Hasanov: Otabek Haydarov javob berishimizni so'radi
17 iyu 2016 17:26
Yangiliklar


No'mon Hasanov: Otabek Haydarov javob berishimizni so'radi
Otabek Haydarovning jamoadan ketganligi haqidagi xabar chiqqandan so'ng, ko'plab muxlislardan qo'ng'iroqlar bo'ldi. Muxlislar Otabekni nima uchun jamoadan ketganligi haqida so'rashdi.
Ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida biz jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanovga murojaat qildik.
- Otabek yaxshi hujumchi, lekin birinchi davrani u asosan zaxira o'ridig'ida o'tkazibdi. Ikkinchi davrada unga boshqa jamoalardan qiziqish borligini aytib ruxsat so'radi. Biz unga javob berdik. Qo'qon jamoasida hech kimni majburan ushlab turmaymiz. Bizga Qo'qon uchun yonib turadigan, maydonda jonini beradigan futbolchilar kerak – deydi No'mon Hasanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar