No'mon Hasanov "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin: "Jamoalarning bu mavsumdagi o'yinlariga xulosa qilishga erta"
19 apr 2025 10:29
Yangiliklar
No'mon Hasanov "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin: "Jamoalarning bu mavsumdagi o'yinlariga xulosa qilishga erta"
Turning eng qiziqarli bahsi oldidan barchada turlicha fikrlar, mulohazalar yangramoqda.
Tajribali murabbiy No'mon Hasanov "Neftchi" - "Paxtakor" bahsidan oldin jamoalarning holatiga to'xtalib o'tdi.
"Neftchi" qo'rqmasdan, boshidan bosim qilib to'p tepsa yutadi. Chunki jamoa o'yinchilari va jamoaviy o'yin kuchliroq. Maslahatim, hisobda oldinga chiqib olgan jamoa o'sha bosimda va tempda o'ynashda davom etishi kerak. O'zining tempini yo'qotmasligi lozim.
"Paxtakor" stabil o'yin ko'rsatmayapti. Jamoaga vaqt kerak. Futbolchilar bir-biri bilan hali kirishib ketmagandek ko'rinyapti. Bu yilgi o'yinlar to'g'risida xulosa chiqarishga hali erta. Menga jamoalarning o'tgan yilgi o'yinlari ko'proq yoqayotgan edi. Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishayotgandi",- deydi No'mon Hasanov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar