No'mon Hasanov: "Nasaf" birinchi o'rinda borishga loyiq jamoa"
06 avg 2017 22:56
Yangiliklar
No'mon Hasanov: "Nasaf" birinchi o'rinda borishga loyiq jamoa"
"Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Tomoshabop o'yin bo'ldi. Yaxshi shakllangan jamoaga duch keldik. Tan olib aytaman "Nasaf" kuchli jamoa. Bugun besh nafar himoyachi bilan o'ynadik, ammo baribir yutqazdik.
"Nasaf" bunday o'yin bilan birinchi o'ringa loyiq deb o'ylayman. Uch-to'rt yildan buyon bitta taktikada o'ynab kelmoqda. 90 foiz futbolchilar ancha yillardan buyon birga o'ynashmoqda.
Birinchi daqiqada gol o'tkazib yubordik. Besh nafar himoyachi nima qilganini tushuna olmay qoldim. Tezkor gol bizni ancha qiynab qo'ydi", - deydi No'mon Hasanov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar