So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

No'mon Hasanov: "Menimcha ertaga oson o'yin bo'lmaydi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Menimcha ertaga oson o'yin bo'lmaydi"

"Paxtakor" - "Al Jazira" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida No'mon Hasanov qatnashdi.

Unga yarim himoyachi Vladimir Kozak hamrohlik qildi. 

"Ertaga bizga g'alaba juda zarur. Muxlislar ishonchini oqlashimiz kerak. Buning uchun g'olib bo'lishimiz kerak. To'g'ri tarkibda yo'qotishlar bor. Sohibov va Ahmedov sariq kartochka tufayli ertaga maydonga tusha olishmaydi. "Al Jazira"ning ichki chempionatdagi oxirgi uchrashuvini ko'rdim. Raqibimiz safarda 4:2 hisobida zafar quchdi. Hujum chizig'ida kuchli futbolchilar va legionerlar bor", - deydi Hasanov

"Al Jazira" bilan o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rayapmiz. Ertaga nima bo'lsa ham g'alaba qozonishga va guruhdan chiqishga harakat qilamiz", - deydi Kozak

- Nima jamoaga g'alaba qozonishiga to'sqinlik qilishi mumkin? 

- Ko'rib turibsiz tarkibda yo'qotishlar bor. Har 2-3 kunda o'yin o'tkazayapmiz. Futbolchilarda charchoq bor. Tarkibdagi ko'plab yoshlar bunda grafikda oldin o'ynashmagandi. Raqibning kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqib kerakli taktika tanlashga urinamiz. Narigi o'yin natijasiga qaramaymiz va faqat o'zimiz g'alabaga harakat qilamiz. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. 

- Ertaga raqib ko'pchilik bo'lib himoyada o'ynaydi. Hujumda qandaydir yangilik bo'ladimi?

- "Bunyodkor" bilan o'yinda hujumlarimiz oxiriga etmay qoldi. CHarchoq ham halal berdi. "Metallurg" bilan o'yinda biz qiyin o'yin o'tkazdik. "Bunyodkor" bizdan 2 kun oldin o'yin o'tkazgandi. Barcha klublar bir xil vaziyatda bo'lishi kerak. Bizda o'z o'yinimiz bor, yigitlar maydonga tushib g'alabaga harakat qilishadi. Albatta standart vaziyatlar ustida ham ishladik. 

- "Al Jazira" safida yo'qotishlar bor. Bu sizning jamoangizga yordam beradimi? 

- To'g'ri raqib tarkibida ham yo'qotishlar borligini bilaman. Lekin "Al Jazira" safida ko'p yaxshi futbolchilar bor. Menimcha ertaga oson o'yin bo'lmaydi. 

- "Paxtakor" guruhdan chiqsa keyingi raqiblarga qarshi o'ynash uchun saviya borasida tayyor bo'ladimi? 

Vladimir Kozak: - Albatta asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Guruhdan chiqsak raqiblarga munosib qarshilik ko'rsatamiz deb o'ylayman. 

- Tarkibda 7 nafar futbolchida bittadan sariq kartochka bor. Ertaga bu o'yinchilar ogohlantirilsa guruhdan chiqilgan taqdirda maydonga tusha olishmaydi. Bu borada futbolchilar bilan ish olib borilayaptimi? 

- Alabtta futbolchilarga bu borada tegishli ko'rsatma berdik. Har bir futbolchi o'zini bosib o'ynashi kerak. 

- Ertaga darvozada Temur Jo'raevni ko'rishimiz mumkinmi? 

- Albatta. Ertaga balki Jo'raevni maydonga tushirarman. Barchasi kechki payt malum bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика