No'mon Hasanov: "Maydonning har bir qarichida murosasiz kurash kechdi"
20 sen 2015 21:11
Yangiliklar
No'mon Hasanov: "Maydonning har bir qarichida murosasiz kurash kechdi"
“Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida toshkentliklar ustozi No'mon Hasanov jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi:
- Avvalambor qo'lga kiritilgan g'alaba bilan futbolchilarimizni tabriklayman. Guvohi bo'lganlaringdek, o'yin keskin kurashlar va asabiy tarzda o'tdi. SHu kabi o'yinlar ko'paysa futbolimiz o'sadi deb o'ylayman. “Navbahor” jamoasi bugun kuchli o'yin namoyish qildi. Agarda namanganliklar har bir uchrashuvni shu tarzda o'tkazizsa jamoaning g'alabalari soni ko'proq bo'ladi. Umuman olganda bugun maydonda teng kurash kechdi deb aytishi mumkin. Maydonning har bir qarichida murosasiz kurash kechdi. Bu kabi kurashlardan jamoamiz azolari qochishmadi. G'alabani ko'zlaganimiz sababli shunday bo'ldi. Aslini olganda bahsni shu tarzda kechishini oldindan bilgandik. Futbolchilarimiz jasorat ko'rsata olishdi, - deydi No'mon Hasanov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar