So’nggi yangiliklar

08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  2 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  4 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  1 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  3 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  33 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  62 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  17 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  90

No'mon Hasanov: "Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimni o'tkazdim" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimni o'tkazdim"

"Andijon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'nggi matbuot anjumanida No'mon Nurmatovich ishtirok etdi.

"O'yinni ko'rdingiz, ancha chiroyli o'tdi. Birdamlikda qilingan harakat natijasida ikkita gol urib oldik. Natijada ikkinchi bo'limda raqibga nisbatan erkinroq harakat qila boshladik. "Paxtakor" bilan o'yinda ham shunday vaziyatlarga ega bo'lgan edik, ammo undan unumli foydala olmaganmiz. Bugun esa biz boshqacha o'yin ko'rsatdik", - deydi No'mon Hasanov. 

- Uchrashuvning so'nggi daqiqasida qizishib ketdingiz...

- O'sha vaziyatda futbolchilarni ajratgani borgandim. Ammo vaziyat asabiy tus olib ketdi, bu futbolda bo'ladigan narsa. 

- Bugungi o'yinda sizning "qo'lingiz" ko'rindi...

- "Andijon"ni "Paxtakor" va "Lokomotiv" bilan o'yinini yaxshilab o'rganib chiqdik. Ularning safida bo'ydor o'yinchilar ko'p edi, shuning uchun erdan pas o'ynash taktikasini amalga oshirdik va bu o'z samarasini berdi. 

- Serblar qanday kirishib ketishdi?

- Sekin asta kirishib borishyapti.

- "Paxtakor"ning sobiq murabbiyi sifatida Qo'qonga kirishib ketishingiz qiyin bo'lmayaptimi?

- U erdan ko'p narsani o'rgandim. "Paxtakor"da biroz osonroq, istagan paytingizda tayer futbolchi topishingiz mumkin. Menimcha hali bu erda bizdan yanada boshqacha va chiroyliroq o'yin ko'rishadi. Bunga harakat qilamiz. Bugun Qo'qondagi eng yaxshi o'yinim bo'ldi deb bemalol ayta olaman.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика