No'mon Hasanov: “Javohir Sidiqovning o'rnini bosish oson emas”
31 mar 2019 22:31
Yangiliklar
No'mon Hasanov: “Javohir Sidiqovning o'rnini bosish oson emas”
- O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, haqiqiy “jang” bo'ldi. Bugun shogirdlarimning o'yini qovushmagandek bo'ldi. Biz istagan futbol bunday emas.
Bugungi ochilish marosimini yuqori darajada tashkil etib bergan Farg'ona viloyat futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Har ikki jamoa ishqibozlariga stadionda ajoyib muxit yaratishgani uchun rahmat aytaman.
Yuqorida aytganimdek, bugun haqiqiy “jang” bo'ldi. Jarohat olgan futbolchilar borasida aytadigan bo'lsam bu futbol, jarohatlar esa uning bir bo'lagidir. Hech qaysi futbolchi ataylab raqibini jarohatlash uchun o'ynamaydi.
Javohir Sidiqovning o'rnini bosish oson emas. Lekin uning o'rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Mavsum endi boshlanganini unutmaslik lozim. Hali hammasi oldinda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar