So’nggi yangiliklar

13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  6 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  1 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  14 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  12 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  2 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 07:21BOOOM. Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  16

No'mon Hasanov: "Jamoaga o'zim istagan futbolchilarni jalb etolmadim" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Jamoaga o'zim istagan futbolchilarni jalb etolmadim"

Oliy liganing 25-Turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (4:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi No'mon Hasanov ishtirok etdi.


- Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Tajribali futbolchilar oldida jamoamiz o'yini yo'qotib qo'ydi. Ikkinchi taym ko'rsatdiki, "Lokomotiv"ga qarshi ham o'ynasa bo'larkan. Uchrashuvdan keyin futbolchilarga shu gaplarni aytdim.
Umuman olganda, tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi.
Bizning jamoa yig'ilganiga endi 5 oy bo'ldi. "Loko" esa katta tajribaga ega jamoa.

Sobir Hamidovning ortiqcha vazni? Hamidov bugun ko'p vaziyatlarda ishonchli o'ynay olmadi. Ammo hamma ayb unda emas. Bugun futbolchi almashtirishda o'zim xatoga yo'l qo'ydim. Hamidovning ortiqcha vazni bor deb o'ylamayman. Hamidovning o'zi tuzilishi shunaqa, gavdali futbolchi sanaladi. Uning bugungi yomon o'yini ortiqcha vazni sabab bo'lgani yo'q. Menimcha, Sobir Hamidov ortiqcha vaznga ega emas. Men o'zimga maqul kelgani uchun Sobir Hamidovni jamoaga taklif etganman. Hamidov ikkinchi davrada jamoamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib kelmoqda.

Nosir Otaqo'zievni nega almashtirdim? To'g'ri, Otaqo'ziev bugun yaxshi o'ynadi. Biroq oxirgi 20 daqiqada Nosir charchab qolgandi. SHu bois uning o'rniga Otabek Haydarovni tushirishga qaror qildim.

Jamoamiz bugungacha o'yin jihatidan yaxshi o'ynab kelayotgandi. Bugungi muvaffaqiyatsizliknining asosiy sababi bu "Loko"ning kuchi. To'g'risini aytish kerak, "Lokomotiv"ga qarshi o'ynash juda qiyin. Bizning hozirgi darajamiz "Lokomotiv"ga qarshilik qilishga etmaydi.

Jamoamiz o'yini asta-sekin shakllanib bormoqda.
Imkon qadar ikkinchi davrada jamoaga yaxshi futbolchilarni taklif etishga harakat qildim. Ochig'ini aytaman, o'zim istagan ko'p futbolchilarni jamoaga jalb etolmadim. Futbolchilar autsayder qatorida borayotgan "Qo'qon-1912"ga o'tishdan ko'ra yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan "Metallurg"ni tanlashdi. Anvar G'ofurovni ham chaqirgandim. G'ofurov esa "Obod"ga o'tishga qaror qildi.

"Qo'qon"dan Javohir Siddiqov hali porlab chiqadi, deb ishonaman. Bu futbolchini "Paxtakor"dagi faoliyatim orqali ham yaxshi bilaman.  

"Qo'qon-1912"ning maqsadi elitada qolish. Buni barchamiz istaymiz. Muxlislar jamoani oliy ligada qolishini intizorlik bilan kutishmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика