So’nggi yangiliklar

18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   5 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  1 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  34 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  2 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  69

No'mon Hasanov: "Jamoa ahil, bir oila bo'lsagina g'alabalar keladi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Jamoa ahil, bir oila bo'lsagina g'alabalar keladi"

Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor"(1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar katta murabbiyi No'mon Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Kim birinchi gol ursa o'sha yutardi. "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda gol urib bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi. Birinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasida yigitlar o'ziga kelisholmadi. Bo'lim oxirlarida harakatlari qovushdi. Bunday o'yinlarda bitta gol barchasini hal qiladi. "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Ochiq turgan futbolchiga atayinmi yoki boshqa sababmi qattiq pas berishmoqda. Ko'p futbolchilarni o'yinini tushunmadim.

Jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi. Klubdagi futbolchilar, rahbarlar kasallanishdi, koronavirus bilan kurashishdi. O'sha payt futbolchilarda kuch yo'q edi. "Lokomotiv" bilan o'yinga tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Bitta o'yinda yutib olsak hammasi ijobiy tomonga o'zgarib ketadi.

Futbolchilarni urushib ketishi va boshqa holatlar haqida bundan oldingi matbuot anjumanlarida gapirgan edim. Yana takrorlasam noto'g'ri bo'ladi. Hozir ham yigitlarni oldiga kirib buni aytdim. Futbolchilarni munosabati bir-biriga yaxshi bo'lishi kerak. Bunday jamoani ko'rmaganman. Bitta oila sifatida birlashish kerak. Har doim tushuntirmoqdaman. Bu holatga o'zim ham tushunmayapman. Jamoa ahil oila bo'lsagina g'alabalar keladi. Mashg'ulotlarda ham ishlayapmiz. Vaziyatni to'g'irlashga harakat qilamiz.



Hujumchilardagi realizaciya? Qo'qon jamoasini boshqaruvini qo'limga olganimda ham shu muammo bor edi. Pas o'ynashni bilishmasdi. Lekin, malum vaqt o'tgach pas bilan o'ynashni o'zlashtirishdi. Yuqorida aytganimdek jamoaga yaqinda keldim, to'g'ri o'ynash, qanotdan to'g'ri to'pni oshirish emas, ochiq turgan futbolchi bilan o'ynash kabilarni yo'lga qo'yamiz. Hujumchilar kam, to'g'risi bizning paytda pas beradigan, gol uradigan hujumchilar ko'p bo'lardi. Anchadan beri hujumchilar kamligi ko'rinib turibdi.

Azim Ahmedovni orqaroqda o'ynatayotgan edim. Mashg'ulotlarda taktika o'zgardi, poziciyasi ham o'zgardi. U jamoa sardori, sardor murabbiyning yoramchisi, futbolchilarni birlashtiradigan bo'lishi kerak. Bugun maydonda agressivlik qilmadi. Faqat, Golban va Davron Hoshimovning harakatlari uchun o'yindan keyin urushdim. Bu noto'g'ri narsa. Urushib ketish, hurmatsizlik futbolchiga yarashmaydi. Hozir sizlar ko'ryapsizlar, muxlislar ko'rsa nima bo'ladi? Bitta jamoada o'ynab bunday ishlarni qilish kerak emas. Hamma xato qiladi.

Kanchelskisning holati haqida, isitmasi bor. Kecha gaplashdim, futbolchilarni yig'ib yo'qlab kelishga jo'natdim. Ular ko'rib kelishdi. Baribir u bosh murabbiy, biz uning yordamchilarimiz. Kanchelskis yaxshi inson. Sog'lik tilayman. Biz bilan birga bo'lmasada har kuni aloqada bo'lib turibmiz. Futbolchilik paytimizda o'yinlarini ko'p ko'rganmiz",- deydi No'mon Hasanov.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика