So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

No'mon Hasanov: "Hisobda ortda qolib gol urish doim og'ir" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Hisobda ortda qolib gol urish doim og'ir"

Teglar :  No'mon Hasanov
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" o'rtasidagi o'yindan so'ng No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun kuchli klubga qarshi o'ynadik. Ulardan yomon o'ynaganimiz yo'q. Ikkinchi bo'limda to'liq ustunlik biz tomonda bo'ldi. Ammo xatolar oqibatida gollar o'tkazganimiz yomon bo'ldi”, - Hasanov.

“Raqib yaxshi edi. G'alaba qozonishimiz mumkin edi. Agar men vaziyatlardan foydalanib gol urganimda balki yutarmidik. Texnik kuchli jamoaga qarshi bahsda durang o'ynadik. Barcha muxlislarga rahmat aytaman. Xatolar bo'lganini tan olaman, jamoadoshlarimga rahmat aytaman”, - deydi Sergeev.

- Bir haftadan so'ng javob bahsi bo'ladi...
- Raqib juda kuchli hujum chizig'iga ega ekanligi haqida aytgandim. Kichik xatolardan so'ng ular gollar urishdi. Oddiy pasdan so'ng to'p o'tkazib yubordik.

- Azim Ahmedov jamoaga qo'shilib keta olmayapti. Bunga qanday qaraysiz. Uni ilojsizlikdan maydonga tushirayapsizmi?
- To'g'ri jamoaga yangi kelgani uchun hali o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. “Al Hilol” safida bo'ydor futbolchilar bo'lgani uchun Azimni maydonga tushirdim. Kurashlarda uning foydasi tegdi.

- Siz o'yinchi sifatida etakchi edingiz. Murabbiy sifatida o'z o'yin uslubingizni olib kira olasizmi?
- Albatta men o'z g'oyalarimni amalda qo'llashni istayman. Ammo bir necha yillardan buyon yigitlar shu uslubda o'ynashadi. SHu sababli birdaniga uslubni o'zgartirib bo'lmaydi. Bosqichma bosqich uslubni o'zgartiramiz.

- “Paxtakor” futbolchilari moliyaviy qiyinchiliklar vaqtida ham jamoa nomi va shani uchun o'ynashadi deyiladi. Ammo bugun SHerzod Karimov va Stanislav Andreev kabi futbolchilar jon kuydirib o'ynashmadi.
- Yo'q bunga qo'shilmayman. O'zim ham “Paxtakor”da o'ynaganman, jonimmi berib o'ynardim. Yigitlardan ham buni talab qilaman. Uchrashuvdan oldin shogirdlarim bilan gaplashib olgandik. Karimov va Andreevning tajribasiga tayanamiz. Bugun zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishdi. Birinchi gol o'tkazib yuborganimiz juda yomon bo'ldi. Agar ikkita vaziyatda gol ura olganimizda barchasi boshqacha bo'lardi. Hisobda ortda qolib turib hisobni tenglashtirish juda qiyin. Katta kuch ketadi. Hisob 2:2 bo'lganida ham qo'limizni tushirmadik, g'alaba uchun o'ynagandik. Saudiya Arabistonida xudo xohlasa g'alaba qozonamiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика