No'mon Hasanov: “Har doim mag'lubiyatda bosh murabbiy aybdor bo'lgan”

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018, 22:55
Superliga 26-tur doirasidagi “So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

- Bugungi mag'lubiyatdan keyin og'ir vaziyatga tushib qoldik. Hozir ushbu vaziyatdan qanday qilib chiqib ketish haqida o'ylashimiz lozim. Har doim mag'lubiyatda bosh murabbiy aybdor bo'lgan. Barcha aybni o'z zimmamga olaman. Shogirdlarim qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Bugun omad ham bizdan yuz ugirdi. To'p darvozaga kirishni istamasa qiyin ekan. Oldinda yana oltita o'yin bor. Qolgan bahslarda murakkab vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz.

“So'g'diyona”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman, deydi Hasanov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қўқон-1912” матбуот хизмати