No'mon Hasanov: "Buxoro" bugun birinchi davraga qaraganda yaxshiroq o'ynadi"
16 avg 2015 20:48
Yangiliklar


No'mon Hasanov: "Buxoro" bugun birinchi davraga qaraganda yaxshiroq o'ynadi"
"Buxoro" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida No'mon Hasanov qatnashdi.
"Bugun ikki jamoa hujumkor o'yin namoyish etdi. Toshkentda bizni qo'llash uchun muxlislarimiz kelishdi, ularga katta rahmat. Bizga kubok o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng yutuq kerak edi, yigitlarim ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi.
"Hozirda futbol ancha o'zgargan. Hozir to'pni saqlashga etibor qilish kerak. Oldinlari hujumda songa etibor bo'lardi. Biz qanot himoyachilaridan ham hujumga qo'shilishni talab qilamiz. SHunda faollik va keskinlik oshiriladi.
"Buxoro" bugun birinchi davraga qaraganda yaxshiroq o'ynadi. O'sish borligi ko'rindi. Jamoaga tajribali o'yinchilar kelgan. Keyingi o'yinlarda "Buxoro"ga omad tilayman. Buxoro katta shahar va uning ko'plab ishqibozlari mavjud", - deydi No'mon Hasanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar