So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Nodirxo'ja Yuldashevning yangi yil tabrigi! Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashevning yangi yil tabrigi!

Avvalo bugun Vatanimizning har bir kishisini ajoyib bayram bilan tabriklayman!

Yil davomida saytimiz bilan birga bo'lgan o'quvchilarga katta rahmat aytgan holda har bir klub azolarini chin yurakdan muborakbod etaman.

Yil davomida, bu yil 10-chempionlikni qo'lga kiritamizmi deb, oxir-oqibat chempion bo'lgan "Paxtakor" muxlislarini. Eh, attang, bu yil ham o'xshamadi, "zato" Kubok bizniki deb quvongan "Lokomotiv" muxlislarini. Eng yaxshi legioner bizda deb gerdayib yuradigan "Nasaf" muxlislarini. Rivaldoni qo'msab, to'rtinchi o'rinni hazm qila olmayotgan "Bunyodkor" muxlislarini. O'rinbosarlarimiz chempion deb, Xomyakovga 5-o'rin uchun rahmat aytayotgan "Mashal" muxlislarini. Qachon biz ham kuchli uchlikka kiramiz deb Igor SHkviringa murojaat qilayotgan "Olmaliq" muxlislarini. Rijkoning penaltilariga zo'rg'a chidagan "Navbahor" muxlislarini. Yil davomida Murod aka Saidovni qaytaring deb dardini "koment"da bayon qilgan "Neftchi" muxlislarini. Yutib turib, yutqazib qo'yamiz-da deb kulib qo'yadigan "Metallurg" muxlislarini. Bobojonovning golidan xursand bo'lib "Bunyodkor"ni tarixda ilk marotaba yutgan "Dinamo" muxlislarini. Zarafshondan Navoiyga ko'chib ketgan "Qizilqum" muxlislarini. CHempiondan ochko olgan uchta jamoadan biri biz deb gerdaygan "Buxoro" muxlislarini. Keyingi yil yangi stadionda o'ynaymiz, tushib ketma "So'g'diyona" deb jon kuydirgan jizzaxlik muxlislarni. 50 yillikni o'tkazamiz deb "kiydirib" ketishdi deb saytimizga tinim bermagan "Andijon" muxlislarini. "Lyuboyi"ni gapiga, futbol vatani qaer deb mot qiluvchi savol bilan "yopishtiradigan" "Qo'qon-1912" muxlislarini. O'z paytida OFK kubogida to'p tepgan "SHo'rtan" muxlislarini va eng, eng, eng muhimi bo'lgan, barcha-barchamizni mana shu saytda birlashtirib turgan O'ZBEKISTON milliy terma jamoasining ashaddiy muxlislarini, unda kim to'p tepmasin, kim bosh murabbiy bo'lmasin, doimo qo'llab-quvvatlab turadigan ashaddiy muxlislarimizni YANGI YIL bayrami bilan TABRIKLAYMAN!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика