So’nggi yangiliklar

00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  0 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  1 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  8 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Nodirxo'ja Yuldashevni tabriklaymiz! Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashevni tabriklaymiz!

Bugun hammamizning sevimli saytimiz "championat.asia" (CA) rahbari Nodirxo'ja Yuldashevning tug'ilgan kuni. Nodirxo'ja bugun 28 yoshni qarshi oldi.
SHu munosabat bilan uni tavallud ayyomi bilan saytimiz xodimlari va ijodkorlari nomidan tabriklaymiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

Nodirxo'ja Yuldashev ijod qilishdan sira tinmaydi. Doim izlanishda. Sayt uchun doim nimadir yangilik olib kirishga harakat qiladi. Ham o'zi ishlaydi, ham saytdagi boshqa xodimlarni shunga undaydi. Nodirxo'ja faqat ijod bilan to'xtab qolgan emas. Yani, u faqat o'yinlarga borib, shularni yoritish bilan cheklanib qolmaydi. Imkon topdi deguncha savobli, xayrli ishlarni ham amalga oshirib turadi. Uni bemalol o'zbek futbolining fidoyisi deya olaman.

Lekin kezi kelganda bir gapni aytib ketmasam bo'lmaydi. Bilasiz, yil boshidan beri o'zbek futbolini halol yo'lga qo'yib olish borasida ko'p gaplar bo'lyapti. Buning uchun Nodirxo'ja ham sayt orqali bo'lsa-da, o'z chiqishlari bilan tinmay jon koyitmoqda. "Halol futbol sari" turkumidan o'rin olgan maqolalar shular jumlasidan. Lekini shuki, nazarimda jurnalistlardan uning bir o'zi halol futbol uchun elib-yugurayotgandek. CHunki boshqa saytlar va gazetalarning bu haqda nimadir yozganini ko'rmadim. Ayniqsa, gazetalar yurtimizda bahor fasli bo'lishiga qaramay, hamon qishki uyquda. Boshqa saytlar boshida bir yozishdi: oliy liga o'yinlari toza o'tsin deya, ammo shu bilan yana jim bo'lib ketishdi. Kelishilgan o'yinlarni yo'qotish uchun bir marta yozgan bilan ish bitmaydi, kerak bo'lsa yil davomida tinmay yozaverish kerak. Kerak bo'lsa, yozilgan maqolalar to'g'ri O'FF rahbari Mirabror Usmonovning qo'liga etib borishi lozim.

Mazur tutasiz, tug'ilgan kunga tabrik yozaman deb boshqa mavzularga o'tlab ketdim. Ammo bu gaplarni hozir aytmasam bo'lmasdi. CHunki menga chetdan qarab go'yoki Nodirxo'janing bir o'zi yolg'izlanib qolgandek tuyulyapti. Uni qo'llab-quvvatlayotgan (aynan matbuotdagi chiqishlar orqali) boshqa jurnalistlarni ko'rayotganim yo'q. Balki jurnalistlar uyushmasi yoki kengashini tashkil qilib, hamma birgalikda kurashgani maquldir. Mayli, mavzudan chalg'imaylik. Xullas, Nodir, tavallud ayyoming muborak bo'lsin. Uzoq umr ko'rish nasib qilsin. Doimo sog'-omon bo'lgin. Qizlaring, oilang va ota-onang baxtiga sog' bo'l. Nimaiki tilaklaring bo'lsa, hammasi ro'yobga chiqsin. Yana bir bor sayt ijodkorlari va o'z muxlislaring nomidan tug'ilgan kuning tabriklayman. Omad doimo yor bo'lsin!

X.Xoliqov.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика