So’nggi yangiliklar

18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  0 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  9 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   3 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  2 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  11 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2 13:54Ўзбекистон кубоги. Ярим финалга қачон қуръа ташланиши маълум бўлди  8

Nodirxo'ja Yuldashev: "Men "CA"ni qanday shakllantirdim?" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Men "CA"ni qanday shakllantirdim?"

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli daqiqalar qolmoqda.
"Bugun Xayrulla akam hamma xodimlarga, qanday qilib "CA"ni topganliklari haqida yozib berishni aytib o'tdilar. SHunda men ham, qanday qilib mazkur jamoani tuzganimni yozgim keldi.

2010 yil "Paxtakor"da faoliyat olib borardim, sayt pochtasiga xat keldi. "Assalomu alaykum, Nodir aka! Agar qarshi bo'lmasangiz, sayt suratlaridan foydalansam". Hayron bo'ldim, shuncha gazeta va saytlar beruxsat foydalanib yotgan bir paytda bunday mazmundagi xat...
Albatta, men marhamat degan javobni berdim. Ko'p o'tmadi, ikki kundan so'ng yana bitta xat keldi. "Ko'rib baho bering, suratlar uchun rahmat". Sports.ru saytiga berilgan havolaga kirdim. U erda mening suratlarim orqali Odil Ahmedovning 2006-2010 yillardagi statistikasi fotomaqola shaklida qo'yilgan edi. Rus tilida bu haqiqiy topilma edi. Tezda javob xatini yozdim: "Yil oxirida bitta sayt ishga tushishi kerak, istasangiz qo'shiling". Javob ham kuttirib qo'ymadi. "Xo'p, xursand bo'lar edim". Asosan agent orqali vazifa berar edim. 2010 yilni noyabr oyiga qadar 2-3 nafar kishi katta xajmdagi ishni bajardik. 2010 yilning oktyabr oyiga kelib saytning demo versiyasi ish boshladi. Bu Narzulla edi! Yana bir narsa, u 3-kursda o'qirdi, 4-kursni tugatish paytiga kelibgina uyalib maosh so'ragan. 1,5 yil davomida bepul ishlaydigan, qiziqishni moddiyatdan ustun qo'yadigani hali boshqa chiqmadi!

Sayt ochilayotganida Behzod Nazarov ham bor edi. U bilan 2004 yil tanishganmiz. Aqli g'ij-g'ijligidan O'zMUning jurnalistika fakultetiga byudjetga kirgan. Men esa shartnoma asosida. Adashmasam, 6 sentyabr. O'qishdan bizni jismoniy tarbiya kafedrasiga yuborishdi. Bir payt tursam, ikki vodiylikning suhbati qulog'imga chalindi. Qamchiq dovoni to'g'risida gapirib o'tirishgan edi. SHunda men Behzodga qarab, uning Behzodligini bilmasdim. Boisi kursimizda 105 nafar talaba o'qirdi. "Neftchi"misan dedim? Menga qarab "Ha" dedi. SHu-shu do'stmiz. O'sha yillari "Paxtakor" - "Neftchi" qarama qarshiligi, manaman degan o'yinlardan ham zo'r bo'lardi. Agar birorta jurnalist sizga men hech qaysi jamoaga muxlislik qilmayman desa ishonmang. Qanday qilib bironta jamoaning muxlisi bo'lmasdan futbol jurnalistikasiga kirish mumkin?

Demak, uch kishi bo'ldik. Indan keyin Islombek Rustambekov. Uni topish qiyin bo'lmadi, aslida u o'zini yo'qotib qo'ygan edi. "Futbol Eksprees" gazetasida ishlardi-yu, ammo katta-katta yutuqlarni istardi. Mana senga ish deb birinchi ligani topshirib qo'ydim. Unga oddiy "komentchi" bo'lgan "Inyaz" yordam berishni boshladi va qisqa fursat ichida Humoyun Dovurov degan nomni oqlab oldi. Qisqa vaqt "Futbol Tayms" gazetasida ishladim. To'g'ri, "kiydirib" ketishdi. Ammo, men u erda o'zimga kerakli kishini topdim. Bu Tolib Qosimov edi. Qop-qop vadalarga ko'milib ketgan Zangiota yulduzini ikkilanmay o'z safimizga qo'shdim. Futbolda toblansin deb "Istiqlol"ga yubordik. Jamoa vice-prezidenti Mirshohid aka, "Matbuot kotibi kerak" deganida ikkilanmasdan Tolibni bepul berib yubordik. Undan keyin uni mini-futbolga "badarg'a" qildik. Agar nasib qilsa, bir kun kelib Hindistonga borish niyati yo'q emas.

Indoneziyadan qaytganidan xabar topishim bilan Abrorni ishga taklif etdim, faqat "Aka, bitta muammo, harbiy xizmatga ketishim kerak ekan" dedi. Vatan oldida burchni ado etish barchamizning vazifamiz, unga seng boraver, kelib ish boshlaysan dedim. SHu tariqa Abror bizning ham vakilga aylandi. Oooo, kelin bola bilan baxtli bo'lsin, kasalxonada yotganimda magazindan tort olib kelgan edi, shunchaki kelinimizning qo'liga baho beray degandim. Ha mayli, eng qizig'i to'yi kuni Koreyada edim, skayp orqali to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqqanim esimda.

Yoshlar ko'payib ketdi, bir o'zim ularni boshqara olmas edim. Ko'pni ko'rgan jurnalistlar xizmatiga muhtojlik sezdim. Bunday paytda hakamlarni deb "Mashal"dan ketishga majbur bo'lgan Xayrulla Xoliqov ayni muddao edi. Bu kishi bilan men 2006 yil tanishganman. O'shanda "sport.myp.uz" saytini boshqarardim, qo'shni binoda nomi hozir esimda yo'q, bitta gazetada Xayrulla Xoliqov, Behzod Nazarov, Asror aka Ro'ziboev faoliyat olib borishardi. Nomiga tanish edik, yillar o'tib aka-ukachilik shakllandi, mana hozir birgamiz. Sayt mavqei oshgan sari o'quvchilarning talabi ham osha boshladi. 4-5 nafar kishi ulgurolmay qoldik. SHunda odatdagi elonlarimizni bera boshladik.

Pochtamiz xatlarga to'lar, telefon go'shagi tinmasdi. SHunday uchrashuvlardan birida, "ko'chinskiy" bitta bola keldi. O'tirishi gerdaygan, oyog'i uzunnnn... Yurak uradi, bum... Xullas, ichki tuyg'u shu bolaga imkoniyat ber dedi. Vazifa berdim, qisqa vaqt ichida bajardi, ishga olindi. Hozir har xil g'oyalarni o'ylayapti, bugun ramziy terma jamoaga ham alohida ijod bilan yondoshdi. Bu Jasur Aslanov edi.

Undan sal avval shunday suhbatdan so'ng Aziz To'xtamurodovni ham ikkilanmay safimizga qo'shdik. Uning yoqqan tarafi, ko'pchilikda yo'qolib borayotgan, futbolni maydonda ko'rish xislati edi. Aslida bu na xislat, na boshqa narsa, masuliyatdir. SHu bolada shu narsani ko'rdim. Hozir biroz band, o'qish bilan ovora. Bir yil harbiy xizmatda o'z burchini o'tab kelgan. Uyatchan, shu tezroq uylana qolsa-yu, Tolibning ustidan kulishimiz unga o'tsa.

Bu orada Omonjon safimizdan joy oldi. Uning vazifasi saytning rus tilidagi bo'limiga javob berish. Kimsan, mashhur Mirzahakim To'xtamirzaevning farzandi. "Otasiga qarab, o'g'lini ishga ol", deb shunga aytishsa kerak. Faqat yakshanba kuni futbol o'ynayotganda imkon qadar uzoqroqda bo'ling. Futbolda bundaylarni "kostolom" deyishadi, yani "oyoq sindirar".

Yana bir istedod sohibi bu - Zoir Tursunboev. Bizning operator. To'yma-to'y yuraverib, chiroyli qizlardan ilhom oluvchi bu shovvoz, har doim biror bir roligi bilan Sizlarning xizmatingizda.

Kamoliddin Alimovning radiodan ketishini bilgan kunimizoq qamchini urdik. Olamsport.com saytini yasagan holda ularning qo'liga topshirdik. Ham qo'shni, ham yaxshi aka, ham ajoyib inson. Faqat bazan "kalla qo'yib turishlarini" inobatga olmasa, barchasi yaxshi.

Eng so'nggilardan bo'lib safimizga qo'shilganlardan bu SHahboz Beg'amov. Tungi smena qiroli. "Bavariyashunos" olim, otdan tushsa ham egardan tushmaydigan, Noyerni O'zbekistondagi norasmiy fan klubining, o'zidan boshqasi tan olmaydigan raisi.

Bu orada, Qobil Boboev, Miraziz Murotov, Umid Raimjonov kabi xodimlar ham saytimizning yuksak maqsadli yo'lida faoliyat olib borishdi. SHu yilning o'zida bir emas, ikki emas, uch nafar vakilimiz turli klublarda faoliyat boshladilar. Abror "Lokomotiv"da, Islombek "Neftchi"da, Humoyun "Mashal"da, undan avval Tolibjon "Istiqlol"da, sobiq operatorimiz Xojiakbar esa "Paxtakor"ga ishga o'tdi. Umid aka esa "So'g'diyona"ga. Albatta, qisqa vaqt ichida oliy liga klublarini mutaxassislar bilan taminlash saytimizga odat bo'lib qoldi.

SHuningdek, Baxtiyor SHirinovga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz, doimiy ravishda o'z maslahatlarini ayamaydilar. Undan tashqari Mirzahakim To'xtamirzaevni ham etirof etamiz. Doimiy hamkorimiz, "Futbol Ekspres" gazetasi rahbari SHukrullo Ishoqov. Gazeta jonkuyari SHuhratbek Jo'raev doimo biz bilan aloqada. Yaqin-yaqindan bizga nima xizmat deb turgan Komiljon Ikromovni ham esdan chiqarmay.

Matbuot kotiblaridan Aziz Nuriy, Bahodir Mirzaev, Xorazmdan Ikrom aka Xudayberganov, Bekoboddan Ismoil Mamarasulov, Qo'qondan Anvar aka Oxunovga katta rahmat aytamiz. Otabek Eshmamatovni ham unutmaylik, Abdulla Nurmonov va Ulug'bek Hakimjonovlar ham tez orada bizning safimizdan joy olishsa ajablanmang.

SHuningdek, saytimiz rivojida, Gayrat, Amal, Artyom, Leonid, Kamila, Marat va Temur Nizaev kabi kishilarning ham o'z o'rinlari bor! Huquqshunosimiz Adhamjon akaga ham katta rahmat, uni hammangiz -MaN -UniteD- niki orqali taniysizlar.

Men "CA"ni mana shunday shakllantirdim, ajab emas, yillar o'tib Siz ham shu ahil va inoq tarkibdan o'rin olsangiz".
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика