So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  1 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  0 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  6 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  5 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Nodirxo'ja Yuldashev bilan "on line" konferenciyadan eng sara savollar Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev bilan "on line" konferenciyadan eng sara savollar

20 oktyabr kuni saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev bilan "on line" konferenciya bo'lib o'tdi.
Biz yuborilgan savollar orasidan eng saralarini tanlab olib uni taqdim etishga qaror qildik.

Savol: Saytdagi “yuzerlar”ni bir joyga yig'ib futbol o'ynasak bo'ladimi? SHuni tashkillashtirishning iloji bormi?
Championat.asia: Albatta, iloji bor. Keyingi hafta zal gaplashib ko'rgach, bu haqda xabar beramiz.

Savol: Meni qiziqtirayotgan masala shuki, “SA”ning tug'ilgan kunini nishonlashga harakat boshlandimi? Yana o'tgan yilgidek tadbir bo'lsa, biz albatta qatnashardik.
Championat.asia: Milliy terma jamoamiz 2 dekabr kuni BAAga uchib ketishini inobat olib tug'ilgan kunni sal ertaroq nishonlaymiz. Bu yil xayriya tadbirini ham o'tkazamiz. Xayriyadan tushgan pullarni Kamoliddin Kenjaevga ajratamiz. Yaxshi bilasiz, bu futbolchi avtofalokatga uchraganidan so'ng nogiron bo'lib qolgan.

Savol: Saytda “Futbol bashorati” loyihasi etishmayapti. SHu loyiha tashkil qilingundek bo'lsa, biz o'quvchilar uchun yaxshi bo'lardi.  
Championat.asia: “Futbol bashorati” loyihasini agar ulgursak Avstraliyadagi Osiyo chempionati paytida ishga tushiramiz.

Savol: Saytda BMLga o'xshagan qiziqarli savol-javob o'yinini tashkil qilsangiz?
Championat.asia: BML bilan “Kecha, bugun, ertaga” loyihasini keyingi haftadan yana davom ettiramiz. SHuningdek, “12-sektor” loyihasini ham.

Savol: Saytga qo'yilayotgan videolarni telefonga ko'chirib bo'lmayapti. Bu muammoni hal qilsa bo'ladimi? CHunki biz muxlislar uchun gollarni ko'chirib olib keyin ko'rish qiziq.
Championat.asia: Buni amalga oshirish uchun katta serverimiz bo'lishi kerak. Bu esa katta xarajatni talab qiladi. Hozircha mytube.uz bilan ishlayapmiz. Agar mytube.uzda ro'yxatdan o'tsangiz, ko'chirib olish imkoniga ega bo'lasiz.

Savol: Fifa.uzning ochkolarini qanday hisoblaysizlar? Ochkolar birorta sayt yordamida hisoblanadimi?
Championat.asia: Xorij chempionatlarini Sports.ru malumotlari asosida, oliy ligani esa o'zimiz hisoblaymiz. To'g'ri, bazan xatolar bo'lib turadi va buning uchun uzr so'raymiz.

Savol: SA judayam zo'r, lekin menimcha 12ta viloyatning har birida bittadan maxsus muxbir bo'lishi kerak va o'sha xodim viloyat futboliga oid yangilik, xabarlarni berib borsa yaxshi bo'lardi. Masalan, men Nukusda yashayman va SA uchun maoshsiz ishlashga tayyorman.
Championat.asia: Taklif uchun rahmat. Ammo hamma ham siz kabi maoshsiz ishlashga rozi emas. Sayt tashkil qilinganidan beri bu borada bir necha bor elon yozdim. Menga keladigan xatlardagi birinchi savol MAOSH QANCHA?

Savol: Yaqin yillar ichida sayt o'z tashabbusi bilan licenziyalangan futbol telekanali ochish niyati yo'qmi?
Championat.asia: Yo'q. Bu judayam katta xarajatni talab qiladi. TV juda katta hajmdagi ish hisoblanadi.

Savol: Malumki, haqoratli so'zlarni ishlatgan “yuzerlar” blok qilinadi. SHuningdek, so'kinmasa ham birovlarning g'ashiga tekkan, janjal chiqargan va bemaqsad “koment” yozganlarni ham blok qilish kerak deb o'ylayman. Buning iloji bormi?
Championat.asia: Bu borada bugunning o'zidanoq ishga kirishamiz. Siz haqsiz, ular boshqalarning asabiga tegish bilan birga bizni ham ishdan chalg'itishmoqda.

Savol: Saytda futboldan boshqa sport turlari ham yoritib borilsa yaxshi bo'lardi.
Championat.asia: Buning uchun OLAMSPORT.COM saytini ishga tushirganmiz.

Savol: Nega saytda hamma chempionatlarning taqvimi yo'q? Saytning oldingi ko'rinishida hatto birinchi liganing ham taqvimi bo'lardi. Javob uchun oldindan rahmat.
Championat.asia: CHap tomondagi menyuda xorij chempionatlarniki bor. SHuningdek, oliy ligamizning ham taqvimi bor.

Savol: Sayt dizayniga nima uchun etibor berilmayapti?  Saytga kirganda xabarlar ham o'zbek, ham rus tilida chiqib qolyapti. Men saytda bugun registraciyadan o'tdim va shu savollarga javob olishni xohlayman.
Championat.asia: Aniq bir tilni tanlash uchun “Yangiliklarni saralash” bo'limiga kirib, o'zingiz uchun o'zbek tilini tanlasangiz kifoya.

Savol: Terma jamoadagi futbolchilar bilan chiqishib ketish osonmi?
Championat.asia: Ular ham biz kabi inson, shunday ekan hamma bilan til topishib ketsa bo'ladi.

Savol: Saytga futbolimiz rahbarlari ham kirishadimi? Muxlislar qoldirayotgan “komentlar”ni o'qishadimi? Sayt “yuzerlari” orasida birorta taniqli futbolchi bormi?
Championat.asia: Balki ishonmassiz, ammo bugun futbol ichida yurgan besh kishi bilan uchrashdim va ularning hammasi bitta savolni berishdi: “Onlayn konferenciya nechchida edi?” Juda ko'pchilik saytimizni o'qiydi: rahbarlar, murabbiylar, futbolchilar... SHuning uchun manoli fikrlar qoldirilsa deyman.

Savol: Kamoliddin Kenjaevning sog'ligi qanday? “Nasaf”da o'ynagan kezlari u Qashqadaryo yoqimtoyi edi.
Championat.asia: Kenjaev umuman yura olmaydi. Uyi bir ahvolda, ko'rsangiz rahmingiz kelib ketadi. SHunga sizlar ham yordam bersangiz yaxshi bo'lardi, Qarshidan hech bo'lmasa ikki xonali uy olib berishimiz kerak. Futbolchilar ham yordamga shay. Men o'zimiz uchun pul so'ramaganman. Agar imkoni borlar shu yigitga yordam bersak, katta savob ish qilgan bo'lardik.

Savol: CHatxona ochishning iloji yo'qmi? Hozir qaysi yangilikka kirsak, o'quvchilar chat qilib yuborishgan.
Championat.asia: Buning iloji bor, lekin chatni nazorat qilish oson emas. SHunday ekan, hozirgi sharoitdan kelib chiqib mayli “yuzerlar” xorij futboliga oid xabarlarni chatxona qilsinlar, lekin o'zbek futbolini emas.

Savol: Nima uchun bazi maqola tagida janjal chiqarganlar blok qilinmaydi? Aksincha, o'shalarga qarshi chiqib urishma deganlar blok qilinadi. Blok qilinmayotganlarning sizga yaqin joyi bormi yoki blok qilinayotganlarga nisbatan adovatlimisiz?
Championat.asia:
Mening hech kimga yaqin joyim ham, adovatim ham yo'q. Albatta, kim so'kinsa o'sha zahoti blok qilinadi. Keyin biz odatda qoldirilgan fikrlarning boshiga chiqib, kim janjal chiqarganini o'rganib chiqamiz va shundan so'ng blok qilamiz. Unga majburan javob berganlarga bazan indamaymiz.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика