Nodirxon Kamolov: “Mag'lubiyatga munosib emas edik”
04 noy 2016 15:51
Yangiliklar
Nodirxon Kamolov: “Mag'lubiyatga munosib emas edik”
Oliy liga yigirma sakkizinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Lokomotiv” jamoalari (0:1) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar himoyachisi Nodirxon Kamolovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Ajoyib ob-havoda o'ynadik, - deydi Nodirxon Kamolov. - Raqibimiz chempionat peshqadami bo'lsa-da, ularni maydonda erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymaslikka urindik. Ko'p vaziyatlarda tashabbus biz tomonda bo'ldi. Agar Jasur Hasanov, Nemanya Yovanovich, Bahriddin Vahobovlar yuzaga kelgan golli vaziyatlardan unumli foydalanishganida biz g'alaba ham qozonishimiz mumkin edi.
Penaltini aytmaganda, “Lokomotiv” jamoasi deyarli birorta xavfli vaziyat ham yarata olishmadi. Qisqasi, bugun mag'lubiyatga munosib emasdik. Nachora, bu o'yin ortda qoldi. Endi oldinda turgan ikki uchrashuvda o'z muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Fikrlar