Nodirxon Kamolov: "Jizzaxda ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ladi"
29 mar 2018 17:25
Yangiliklar
Nodirxon Kamolov: "Jizzaxda ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ladi"
Bugun superliga 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu turda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z uyila Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan "Qizilqum" futbolchisi Nodirxon Kamolov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi o'yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko'rganmiz. Ushbu bahsda durang natija ham bizni qoniqtirmasligini barcha yaxshi tushunib turibdi. Biz maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqamiz. ketma-ket mag'lubiyatdan so'ng, o'zimizga kelib olishimiz uchun bitta g'alaba kerak. Nasib qilsa o'sha g'alabani bugun qo'lga kiritamiz. Jizzaxda bugun ikki jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ladi. Superligada oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir ochko juda ham muhim", - deydi Nodirxon Kamolov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar