So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Nodirxo'ja Yuldashev PFL va Diyor Imomxo'jaev haqida Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev PFL va Diyor Imomxo'jaev haqida

Kecha tun (bugungi sana kirib kelgandi)da saytimizda kutilmagan istefo haqida xabar chiqqandi.

Eshitdik-da: O'zbek futbolida kutilmagan istefo

Bugun tush payti esa o'sha xabarning davomi chop etildi.

SHoqurbonov xodimlar bilan xayrlashdi, PFLni vaqtincha Diyor Imomxo'jaev boshqarib turadi

"Championat.asia" asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev o'zining telegramdagi kanalida bu mavzuga o'z munosabatlarini bildirdi.

PFL borasida.

1. Ko'ngilni to'q qiling, 1% bo'lsada qiziqishim yo'q.

2. PFLni ishi juda oson va juda qiyin. Agar taqvimni to'g'ri tuzib, musobaqani chiroyli o'tkazib bersa bo'ldi. Lekin o'yin ichidagi o'yinlar borki, u PFLga dog' tushirib qo'ymoqda. Bu klublarning vijdoniga havola bo'lib turibdi.

3. TV rivojlanmasa qiyin. Yani texnikalar. Germaniya Bundesligasiga muxlissiz futbol chiroy bermayapti. Bizning futbol necha yillardan beri shunday jozibasiz. Aslida bizning liga, biz o'ylaganchalik zerikarli emas. Agar fan klub, reklama shitlari ko'zni o'ynatadigan, har xil rakurslardan olingan kadrlar, o'yin oldi intrigalar (intervyular, batllar, lavhalar) bo'lsa, ishoning Osiyodagi TOP ligalar darajasiga chiqamiz. Ammo klublar tayyor pulni qiyinchiliksiz ishlatishda davom etarkan, bu chiroy beradigan ishlar hali beri bo'lmaydi. Londonda har bir tug'ilgan chaqaloqqa, London klublari mijoz sifatida qaraydi. Qaysi klub uni o'ziga qiziqtira olsa, 18 yoshdan boshlab klub byudjetiga mablag' olib keladi u.

4. PFL va O'FA bitta bo'lgani bilan, ular raqobat qilishi kerak. PFL MTJ manfaati yo'lida mana necha yildirki, o'yinlarni qoldirib keladi. Mana necha yildirki biz JCHga chiqmaganmiz. Demak, bu echim emas. Xitoy ham, Rossiya ham legionerlarni 3 kun qolganda yuboradi. Turini o'ynab keladi. Bizda esa butun chempionat MTJ o'yiniga 10 kun qolganida to'xtaydi. Bunday bo'lishi kerak emas. 10 nafar futbolchini deb 500 nafari aziyat chekmasligi lozim. PFL ham kerak bo'lsa MTJ o'yiniga 5 kun qolganda tur o'yinini o'tkazib olsin. Qisqasi, PFL MTJni emas, o'z ligasini o'ylashi kerak. Kuchli PFL ligasi, bu kuchli MTJ.

5. Diyor. 3 yil avval kelganida xom edi. Lekin yillar davomida u o'rgandi. Ko'rdi, vaziyatni ichiga sho'ng'idi. 2 banddagi salbiy ishlar PFLga soya solmasa, bemalol eplaydi. Agar 2 banddagi ishlar davom etaversa, unda Infantino ham yordam bermaydi.

6. Ramazon muborak! SHu oyning 26-sanasida "Neftchi" haqida hujjatli film qilgani Farg'onaga yo'lga chiqaman.


PFL rahbari qanday tayinlanadi? Uni kim tayinlashi kerak?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика