So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Nodirxo'ja Yuldashev bilan Toshkent shahar futbolidagi muammolar bo'yicha ochiq suhbat Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev bilan Toshkent shahar futbolidagi muammolar bo'yicha ochiq suhbat

Toshkent shahar chempionati shu paytgacha uchta chempionatni o'tkazib kelgan. Bular - shahar 2-ligasi, 4ta yosh toifasidagi o'smirlar chempionati va faxriylar ligasi.

Olgan malumotlarimizga ko'ra, Toshkent shahar futbol federaciyasi (TFF) 2018 yilgi futbol mavsumiga katta tayyorgarlik ko'ryapti. 2018 yildan musobaqalar ro'yxati oshadi. Bolalar va o'smirlar o'rtasidagi chempionatlar kuz-bahor tizimiga o'tadi. Bunga avvalo O'zbekistondagi ob-havo sabab. Undan tashqari, yozgi tatilda internat va sport kolleji yopilishi natijasida ko'plab o'yinlar nomalum muddatlarga qoldirilib kelingan. Hakamlar etishmovchiligi ham mavjud. Kuz va bahor tizimiga o'tish orqali 4ta yosh toifasidagi jamoalar markazlashgan chempionatni o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

"Bir necha yillardan beri jahon amaliyoti allaqachon voz kechgan tizim Toshkent shahar chempionatida hamon qo'llanib kelinardi. Yani, 4ta yosh toifasidagi jamoalarning yakuniy ochkosi yig'indisi natijasida jamoa kuchlilar safiga qo'shilgan yoki tark etgan. Bu esa rosmana kuchli jamoalarning yuqoriga chiqishiga to'siq bo'lib kelgan. Masalan, IBO'SM va "Lokomotiv-2" jamoalari 2003 va 2004 yillar chempionatda doimiy ravishda birinchilikning kuchli jamoasi bo'lgan. Ammo qolgan 3ta yosh toifasining kuchsizligi evaziga ular oliy ligaga chiqa olishmagan. Xuddi shu tarzda, qolgan ikkita jamoasining kuchliligi tufayli kuchsiz bo'lgan ikkita yosh toifasi oliy ligaga chiqib borgan. Bu tizim avvalo futbolimizga ziyon bo'lib, chempion bolaning ruhiyatiga jiddiy tasir qilib kelgan. SHu boisdan 2018 yildan etiboran barcha yosh toifasi o'zi uchun o'zi javob beradi", - deydi Toshkent shahar futbol federaciyasining Vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev.



Yana Sizda qolgan uchta yosh toifangiz bo'lmasa to u yig'ilmaguncha chempionatga qo'shila olmagansiz. Natijada jamoalar bo'la turib o'zga klublarning nomidan chiqib yurgan. Bu esa futbolchining pasportidagi bir necha kamchiliklarni yuzaga chiqargan. Bundan buyon Toshkent shahar chempionatida istagan klub istagan yoshida qatnasha oladi, faqat ular bu ishni 1-ligadan boshlashlari kerak bo'ladi.

Toshkent shahar chempionati 4ta yosh toifasida ochkolik tizimini joriy qilgan, bu jahon amaliyoti. 2018 yil uchun bular U-16 (2002), U-15 (2003), U-14 (2004) va U-13 (2005) bo'ladi.

"2-liga va 17 yoshli futbolchi o'rtasida tafovut katta bo'lib, aksar BO'SM va klublar 16 yoshdan keyin jamoalarni tarqatib yuborganlar. CHunki ularga monand chempionat mavjud bo'lmagan. SHu kamchilikni bartaraf etish maqsadida 2018 yil 10ta jamoadan iborat U-17 va U-19 chempionatlari faoliyat boshlaydi. U-17 chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar bellashadilar. Bu 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar. 2019 yilga kelib ular uchun U-19 ligasi uchun xizmat qiladi. Aynan shu ligalarning mavjud emasligi tufayli barcha jamoalar o'zlarini 2-ligaga urib kelganlar. U erdagi saviya esa yildan-yilga tushib borgan”.


2018 yildan etiboran barcha yosh toifasi o'zi uchun o'zi javob beradi


“U-17 va U-19 ligasini tuzish orqali O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasiga katta foydamiz tekkan bo'ladi. Bugungi kunda barcha ham poytaxt klublarining o'rinbosarlari safiga qo'shila olmaydi. U erda ham etarlicha futbolchi bor, hech qachon klub 60 nafar futbolchini qayd eta olmaydi. Yuqoridagi ikkita liga esa 19 yoshgacha raqobatni ushlab turadi hamda keyinchalik o'yini ochilib ketadigan futbolchilar uchun tramplin vazifasini bajaradi", - deydi Nodirxo'ja Yuldashev.

- SHahar chempionati qanday ko'rinishga o'tadi?
- Bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalar yangicha ko'rinish olayotgani bois, 2018 yilning mart-may oylarida biz oliy liga va birinchi liga jamoalarini aniqlab olamiz. Hozir oliy ligada sifatsiz klublar ko'p, aksincha, yuqori ligani kuchaytirishi mumkin bo'lgan jamoalar birinchi ligada. Uch oy davomida bir davralik musobaqa orqali biz ikkita ligani ajratib olamiz keyin kuz oyidan yangi mavsumga kirishamiz. Kuz-bahor tizimi faqat 4 toifa vakillari uchun amalda qo'llaniladi. Bazan yozning issig'ida bo'lib o'tadigan o'smirlar chempionatini ko'rib achinib ketasiz. Issiq bilan bir qatorda, suniy maydonda bo'ladigan o'yinlar futbolchining sog'lig'iga jiddiy zarar etkazadi.



- Endi Toshkent shahar chempionatida ishtirok etadigan o'smir futbolchilar fuqarolik pasporti (kinder)ga ega bo'lishlari lozim bo'ladi degan gap eshitdik?
- Yana bir malumotni takidlab o'taman. 2005 yilda tavallud topgan va undan katta futbolchilar endi fuqarolik pasporti bilan ro'yxatdan o'tkaziladi. Toshkent shahar chempionatida fuqarolik pasporti bilan ro'yxatdan o'tgan futbolchini, qaysi viloyatdan bo'lishidan qatiy nazar yoshi kichraytirilmaganini bilish uchun malumot to'playmiz. Yillar davomida o'zimizni aldaganimiz etar. Endi yoshi kichraytirilgan futbolchi uchun poytaxt klubining murabbiyi javobgar bo'ladi. Menga tayyor kelgan edi qabilidagi bahona o'tmaydi. Bir futbolchini bir yil ichida tekshirib olish muammo emas. Yoshi katta futbolchilarning kelishi natijasida, o'z yoshidagi o'smir zaxirada o'tirib, keyinchalik futboldan ketyapti. 5-6 yil o'tgach, haqiqiy erkakcha futbol boshlangach yoshi katta futbolchi ham faoliyatini tugatyapti. Natijada yillar davomida davlat ajratayotgan byudjet puli havoga sovurilyapti. Bu tizimni nafaqat Toshkentda, balki O'FF bilan hamkorlikda Respublikada ham qo'llaydigan bo'lib turibmiz.


Endi yoshi kichraytirilgan futbolchi uchun poytaxt klubining murabbiyi javobgar bo'ladi.


- Toshkent shahar chempionatining ikkinchi ligasida ham etarli muammolar mavjud. CHempionat tugamagan bo'lsa-da, aksar jamoalar undan chiqib ketadilar. G'olibga tuzukroq etibor ham yo'q. Bu nafaqat poytaxtda, balki butun Respublikada...
- Ayni haqiqat. CHunki 2-ligada so'nggi o'rinni qo'lga kiritding nima, ikkinchi bo'lding nima? Hech nimaga ega chiqmaysan, hech nima yo'qotmaysan ham. Kelasi yili badal pulini to'lab o'ynab ketaverasan. Karvonsaroyning o'zginasi. Endi 2-ligada bor-yo'g'i 12ta (balki 14) jamoa qoladi. Qolgani uchun 3-liga tashkil qilinadi. 2-ligada so'nggi ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan klublar quyi ligaga tushadilar. O'z navbatida 2-ligaga chiqish sharaf bo'lsin, sababi bu TFFning bosh musobaqasi. Hozir uni birov mensimaydi, OAVda bu haqda bilishmaydi ham. 2-liga g'olibiga beriladigan yagona sovg'a, bu 1-liga yo'llanmasining "pulka"si. Toshkent shahridan 1-ligaga chiqish istagida bo'lgan jamoalar ko'p. Lekin oliy liga va 1-ligadagi poytaxt klublarining ishtiroki bizning yuzimiz bo'lishi kerak. SHuning uchun endi 1-ligaga chiqadigan jamoani avval biz poytaxtning o'zida professional holatga keltirishimiz kerak. O'zbekistonda quyi ligaga ham professional maqomi berildi. Demak, bizdan quyi ligaga chiqadigan jamoa shunga tayyor bo'lib borishi kerak. 2-ligamiz esa shunga poydevor bo'ladi. Aynan shu kriteriyalarga javob beradigan klublar 2018 yilda 2-ligada o'ynaydilar. Eng ikkinchi liga ishtirokchilarining barchasi o'z futbol maktabiga ega bo'lishlari kerak bo'ladi. Buni bir deganda amalga oshirib bo'lmaydi, barchasi moliyaga borib taqaladi. Lekin 2018-19 yil asosiy etiborni shunga qaratamiz.



- "Oltin vodiy" loyihasini poytaxt va Toshkent viloyati bilan hamkorlikda amalga oshirsa bo'lmaydimi?
- O'FF Prezidentining topshirig'i bilan "Oltin vodiy" loyihasini ishlab chiqqandim. Bu loyihani aslida ancha bo'lgandi tayyorlab qo'yganimga. Ammo vodiydagi ayrim kishilarni deb amalga oshmay qoldi. Taqdir ekan, baribir bu loyiha ishga tushadigan bo'ldi. Uni avvaliga Odil Ahmedov bilan tuzgan edik. Butun vodiy 2005 yilda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi vodiy ligasiga tayyorgarlik ko'rayotgan edilar. Afsuski, ishimiz o'xshamadi. 2018 yil mazkur loyiha ko'proq ishlarni o'z ichiga oladi va menimcha bundan faqat O'zbekiston o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalari yutadi.


2-ligaga chiqish sharaf bo'lsin, sababi bu TFFning bosh musobaqasi. Hozir uni birov mensimaydi, OAVda bu haqda bilishmaydi ham.


Aynan shu loyiha yana 4ta hududda amalga oshirilishi kerak. Lekin bularning bariga vaqt zarur. Hozir O'FFga shunga oid loyihani ishlab berganmiz. Agar biz PFLning Pro-ligasi va shahar chempionatlari o'rtasida bitta liga yaratsak, buning koni foyda bo'lardi. Uning mexanizmini ishlab qo'yganmiz. SHunda hududiy liga ishtirokchilari to'g'ridan-to'g'ri "pulka"siz Pro-ligaga yo'l oladilar. Bu bilan biz shahar chempionatlarini ham qizitib boramiz. Hozirgidek shaharda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa hech narsaga emas, hududiy ligaga yo'l oladi va ular bitta emas, 5tagacha bo'ladi. Buning foydasi katta.

- Etakchi jamoalar BO'SM tarbiyalanuvchilarini olib ketib qolishiga qanday qaraysiz?
- Hurmat saqlagan holda bir narsani aytaman, bizda etakchi klublarning aksar murabbiylari dangasa bo'lib qolgan. Biron o'yinda yoqib qolgan futbolchining ota-onasiga tog'dek vada qilib o'z jamoasiga qo'shib oladi. U futbolchi 2 oy o'tib o'yini chiqmasa, boshqa futbolchini tortadi. Ko'ksidagi "logotip"ni ishga soladi. Natijada qanchadan-qancha bolalar erta futbol bilan xayrlashyaptilar. Xor qilingan narsaga, bir kun zor bo'lasan. Masalan, Mosvkadagi holatni ko'rib, afsuski bizda bunday emas-da deb qo'ygandim. Futbol jamoasi murabbiyining oldida shunday katta raqobat mavjud-ki, birgina futbolchini peshonasiga surtadi. 9-10 yoshli bolakay oldida Xokkey yoki futbol, bassketbol yoki gandbol degan sport turlari turadi. Bizda o'rganib qolganmiz, aylanib-aylanib futbolga hamma bolasini olib kelaveradi. Murabbiy o'z ustida ishlab o'tirishi shart emas, unda tanlash imkoniyati ko'p. Evropada ham shu ahvol. Yaqinda Italiyada bo'lib guvohi bo'ldim. 12 yoshgacha bola ochki taqadimi, oriqmi, semizmi farqi yo'q. Har bir bola bilan birdek ishlanadi.

BO'SMlardan bola ketib qolavergach, qaerdan ular g'alaba qozonsin? SHuning uchun men 2018 yilda BO'SMlarga katta etibor qaratmoqchiman. Ota-onalar u shoxdan-bu shoxga sakrab yurishlari noto'g'ri ekani bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak. Yana bir malumot, FIFAning qonuni mavjud bo'lib, 12 yoshdan keyin ketib qoladigan yoki olib qo'yiladigan bola uchun malum miqdorda mablag' berilishi kerak. Bizda buni birov bilmaydi. Bu qonunni ishlatish orqali bir narsaga erishamiz. Futbolchi uchun klub pul to'laydi to'g'rimi, klub pul to'laganidan keyin o'sha futbolchidan unum olmasa murabbiy dakki eshitadimi? Natijada murabbiy bir futbolchini olishdan oldin endi o'ylaydi. Uni bitta o'yinda ko'rib olish boshqa, muntazam kuzatib borish boshqa. Qisqasi, bu oson ish emas, hali muammolar ko'p chiqadi, nima qilamiz, chidaymiz va kurashamiz.


Ota-onalar u shoxdan-bu shoxga sakrab yurishlari noto'g'ri ekani bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak.



- Bolalar futbolidagi stadionlar holati ham yaxshi emas...
- To'g'ri. TFF to'g'ridan-to'g'ri Toshkent shahar hokimiyatiga bog'liq. Maydon muammosini hokimiyat orqali hal qilamiz. Hokimiyat uchun dastur ishlab chiqilyapti. O'zbekistonda davlat tomonidan qurib bitkazilgan barcha stadion va zallardan nega foydalanish huquqiga ega bo'lmaylik? Uni yasatib qo'yish uchun yoki ko'chadagi mijoz uchun qurilmagan-ku? Yoshlar Ittifoqi bilan ham rejalarimiz katta. Toshkentdagi barcha futbol maktablarida futbol jamoalarini tuzish orqali tuman chempionatlarini yo'lga qo'ysak bo'ladi. Hozirda ko'plab maktablarda zamonaviy maydonlar bor. Germaniyaning yutug'i aynan shunda bo'ldi. Keyin bu ishni Belgiya qo'lladi. Har bir maktabga futbolni olib kirish orqali, jismoniy tarbiya murabbiylarini selekcioner qilib oldilar. Natijada bironta ovulda istedod payqalsa, u haqda jismoniy tarbiya murabbiyi hududiy federaciyalarga xabar bera boshladi. SHunda Germaniya tushunib etdi-ki, payqalmagan istedodlar, saralab olingan futbolchilardan bir necha barobar ko'p ekan. Agar biz istedodlarni hech bo'lmasa 15% saralab olaylik, Janubiy Koreya va Yaponiyadan o'zib ketamiz. Nimaga? Hozir ko'cha futboli yo'qolib boryapti. Mashinalar ko'payib ketgan. Oldingiga o'xshab ikkita g'ishtni qo'yib mahalla o'rtasida darvoza yasab futbol o'ynash kamayib ketdi, to'g'rimi? Lekin shunda ham ko'cha futboli qanchadir miqdorda bor va u Yaponiyadan ancha ko'p. Yaponiyada avvalo bola o'z etiborini maktabga qaratishi kerak. U erda 99% o'quvchi darsliklarni qoniqarli tarzda bajaradi va grafik asosidagina sport bilan shug'ullanadi. Mutaxassislarning kuchliligi evaziga ular futbolchi etishtirib chiqarishyapti. Evropada ham shu muammo. Agar Franciya va Belgiyaga qochqinlar kirib kelmaganida, mahalliy aholisi bilan bu natijaga erisha olmasdi. Italiyadagi muammo shunda. U erda chetdan kelganlarni futbolda ko'p ham xush ko'rmaydilar. Ispanlar millatida bir necha elat vakillarining qoni bor. Germaniya terma jamoasi esa polyak va turklar evaziga rivojlanib bordi. Bizda ham xuddi shunday, turli millat vakillari mavjud yurtimizda. Faqat mutaxassislar sifatini to'g'irlab olsak bo'lgani. Eng muhimi "material" bor. Undan bino qurishni o'rganib olsak bo'lgani. Viloyatlardagi ko'cha futboli hali-beri yo'q bo'lmaydi. Kerak bo'lsa, Evropa mamlakatlari bilan tengma-teng o'ynay olishimiz mumkin bo'ladi. Odam qilgan ishni odam qiladi faqat buning ortida juda katta mehnat yotibdi va buning natijasi 15 yil ichida beriladi. Bitta ish boshlab undan ertagayoq natija kutsak hech nima o'zgarmaydi.


Agar biz istedodlarni hech bo'lmasa 15% saralab olaylik, Janubiy Koreya va Yaponiyadan o'zib ketamiz.



- Toshkent shahar chempionatiga yana nima etishmayapti?
- Xalqaro musobaqalar. Yaqinda shu masalada O'FFga taklifimni bildirdim va xalqaro musobaqalar o'tkazish uchun ruxsat oldim. 2018 yil Qozog'istonda "O'zbekiston yili" elon qilindi. Nega shuni futbol bilan bog'lamaylik? MTJ doirasida emas, shahar nomidan bolalar va o'smirlar o'rtasida bu ishni amalga oshirsa bo'ladi. Bugungi kunda "Qayrat" akademiyasi rivojlanib boryapti. "Astana" garchi legionerlar yordamida bo'lsa-da, Evroligalarda toblanmoqda. Qo'shnilar bilan hamkorlikda zo'r musobaqalar o'tkazsak bo'ladi. Avvallari bo'lgan bunday ishlar, endi yana rivojlantirishimiz kerak.

Kechagina Boyan Miladinovich bilan gaplashdim. Aloqaga o'zim chiqdim. Hozir o'zi tarbiya topgan "Napredak" jamoasining sardori. Unga Serbiya va O'zbekiston futboli o'rtasida ko'prik bo'lishini iltimos qildim. Xursand bo'ldi. So'nggi 3 yildan beri Italiya, Ispaniya, Germaniya va Franciya davlatlariga boraman, obdon o'rganyapman. Tushunib etdim-ki, to'g'ridan-to'g'ri oliy ligada bu ligalarga futbolchimizni yuborish juda qiyin. Pullik maktablar menga qiziq emas. Ular bizning o'yinchilardan yoshligidagi pulini olmasin, istedod sifatida qarashsin. Italiyaga borib Evropa metodikasini ko'rib keldim. Buni endi O'zbekistonda qo'llayman, murabbiylar bepul amaliyot o'tashlari kerak. Serbiya nega kerak unda deysizmi? Serbiya, Avstriya, Xorvatiya kabi davlatlar bizga tramplin bo'la oladi. U erda juda ko'plab musobaqalar o'tkaziladi. Evropaning top jamoalari aksar o'yinchilarni o'sha erdan tanlab olishadi. SHuning uchun menga bu davlatlar bilan bo'ladigan hamkorlik juda kerak. Yaqinda "SA"da bir o'quvchi serblardan nima foyda deb yozibdi? Serbiya terma jamoasidagi nomlarni bir qarang... Nega unda natijasi yo'q deysiz, to'g'ri. Buni Deyan Jurjevich chiroyli tushuntirib bergandi, xuddi sizlardagi ayrim legionerlar kabi Serbiyada ham MTJdan klubini ustun qo'yadigan yulduzlar ko'p. Biz hozir shunday "chuqur"damiz-ki, undan chiqib olish bir vaqtni olsa, undagi loyqani supurib tashlash bir vaqtni oladi.


Yaqinda "SA"da bir o'quvchi serblardan nima foyda deb yozibdi? Serbiya terma jamoasidagi nomlarni bir qarang...



- Istedodlarni payqash borasida nima qilinadi?
- 9 yoshdan boshlab Toshkent shahar terma jamoalarini shakllantiramiz. Masalan 9-12 yoshli futbolchilar terma jamoasi 20 nafardan bo'lmaydi. Bu yoshda yaxshi futbolchilar ko'p, bemalol 3-4ta tarkib tuzsa bo'ladi. Yil sayin kamayib o'smirlar terma jamoasi uchun optimal holatga kelib boradi. Bu rejamizning sifatli ko'rinishini 6 yildan keyin ko'ra olamiz. 2-4 yil ichida o'rtacha holatda. Keyin rejamizga ko'ra, har oy 3 kun davomida har bir yosh toifasidagi terma jamoaga nomzod futbolchilarni bir erga to'plab, ularni 3 kun davomida Evropa metodikasi asosida shug'ullantiramiz va bu erda ularning murabbiylari tomoshabin sifatida qatnashadilar hamda o'rganganlarini qolgan futbolchilar bilan birgalikda qo'llaydilar. SHunda har bir jamoada kengaytirilgan terma jamoaga kirish istagida futbolchilar o'z ustilarida ishlay boshaydilar. Aynan shu terma jamoalar uchun xalqaro musobaqalarni tashkil qilamiz yoki o'zimiz xorijga chiqamiz. Faqat puli borning farzandi xorijga chiqadi degan gaplarni unutishimiz kerak. Yana har bir yosh uchun Toshkent shahar terma jamoalarining murabbiylari tayinlanadi. Yig'inlarni o'tkazishda "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" jamoalarining yordami kerak bo'ladi, ularning stadionlaridan foydalanamiz.

Respublika musobaqalariga ham endi aynan bir klub bolalari emas, Toshkent shahar terma jamoasi boradi. Buni amalda qo'llashga ulgurdik. Yaqinda, Buxoroda bo'lib o'tgan 2000 yillarda tavallud topgan futbolchilar chempionatida Toshkent terma jamoasi borib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Terma jamoani shakllantirishdan avval "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Paxtakor"ning shu yoshdagi jamoalari murabbiylarini chaqirdim va terma jamoa tuzish kerakligini takidladim. SHunda Alisher Bozorov, Murod Otajonov va Temur Olimxo'jaevlar adolatli tarkib tuzdilar. SHu o'rinda terma jamoani Buxoroga borib kelishida o'zining moddiy yordamini ayamagan To'labek Akramov ("Lokomotiv"), Dmitriy Adisman ("Paxtakor") va Murod Alievga ("Bunyodkor") shahar federaciyasi nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman.


Keyin ota-onalar viloyatdan farzandini Toshkentga yuboradi. ROZSK, internat, "Bunyodkor" akademiyasi va hokazo.



- Poytaxtdagi futbol internatiga nima deysiz?

- Yaqinda aylanib keldim. 2002 yil tarbiyalanuvchilari 4-o'rinni qo'lga kiritganini inobatga olmasangiz, qolgan 3ta tarkibning ahvoliga maymunlar yig'laydi. Davlatning millionlari evaziga faoliyat ko'rsatayotgan internatda yotoq mavjud, ovqat bilan taminlaydi. Bir sinfda 50 nafargacha futbolchi o'qiydi. Lekin ularning saviyasi juda past. Aksar ota-onalar internatga bolalar uyi sifatida qaraydilar. Bu faqat poytaxtdagi muammo emas. Respublikada 26ta futbol internati mavjud. Birontasida sifat yo'q, bilganlarimi orasida Andijonda "O'zDongJu" bilan hamkorlikda ishlaydigan internatning natijalari chakki emas. Jami internatlarni qo'shib hisoblasangiz minglab bolalar u erda tarbiya topyapti. Lekin bitta futbol internati so'nggi marotaba 2000 yillarning boshida bizga Odil Ahmedovni berganini aytishi mumkin xolos. Odil ham 7-sinfdan poytaxtga ketgandi. SHu-shu, bizga ular bir nafar bo'lsa-da yulduz futbolchini bermadi. Bu orada 20 mingdn ortiq futbolchi u erni bitirdi. Hozir internat ishini takomillashtirish haqida o'ylayapti. Bittada barcha muammoni bartaraf etib bo'lmaydi, shunchaki buni malumot sifatida aytib o'tdim. Keyin ota-onalar viloyatdan farzandini Toshkentga yuboradi. ROZSK, internat, "Bunyodkor" akademiyasi va hokazo. Ularning tarbiyasi bilan kim shug'ullanyapti? Qizlar bilan yuryaptimi, ichmayaptimi, chekmayaptimi, vaqtida uxlab, vaqtida turyaptimi? Telefoni xotirasida nimalar bor? Buni viloyatdan turib tekshirib bo'larkanmi. Yoki ijaraga 3-4 nafar bola uy olib it yotish mirza turish qabilida futbolga qatnayapti. Undan futbolchi chiqmasa, jamiyatda qanday inson bo'lib tarbiya topadi? Kamdan-kam odamgina singlisi yoki akasining farzandiga poytaxtda o'z farzandidek qaraydi. Mehmonga borishi bor, uyda tashlab ketadimi quda tomonga borsa? O'zi bilan oladi, begona joy. Quda tomon, shu erga ham etaklab kelibdi deb, o'sha bir kosa ovqatini ham og'rinib beradi. SHuning uchun Evropada 16 yoshgacha ota-onasiz futbolchini qabul qilmaydi. Biz avvalo futbolchi emas, jamiyat uchun kerakli shaxslarni tarbiyalashimiz kerak. Ayniqsa 14-16 yoshda bolada o'tish bosqichi bo'ladi, bu yoshda ota-ona tarbiyasi juda muhim.


- Hakamlik masalasi-chi?
- Bu eng og'riqli nuqtamiz. Yaqinda shu masalada Ravshan Ermatov bilan ancha gaplashdim. Aksar yosh hakamlar uchun bolalar futbolida ishlash erish tuyuladi. Bundaylarga Toshkent shahrida o'rin bo'lmaydi, kim bo'lishidan qatiy nazar! Hattoki, Ravshan Ermatov paytida yoshlar ligalarida bepul ishlab yurgan. Hozirgilarga o'yinga bor desangiz, qancha berasiz deydi. Pul beramiz, to'g'ri bermaymiz emas. Lekin endi kriteriya asosida bo'ladi. 2-liga, 3-liga, va ochkolik chempionatlarda ishtirok etuvchi hakamlar o'z haqlarini oladilar. Festivallar esa bepul bo'ladi. Yosh hakam avvalo o'zi uchun maqsad qo'ysin, pul yoki karera. Bu borada Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenko kabi ustozlar bizga as qotadilar. Keyin yoshlar chempionatida birgina hakam ishlaydi. SHuning uchun biznikilar katta futbolga o'tgach, ofsaydda ko'p adashadi. Yoshlikdan bu ishni o'rgatmasak, top futbolchilarimiz kamayib boraveradi. Yana shu-ki, elit hakamlarimiz bilan yoshlar o'rtasida seminarlar ham o'tkazib turamiz.


Ravshan Ermatov paytida yoshlar ligalarida bepul ishlab yurgan. Hozirgilarga o'yinga bor desangiz, qancha berasiz deydi.



- Ota-onalarga yana nima degan bo'lardingiz?
- 7 yoshli futbolchidan Messi yoki Ronalduning o'yinini talab qilib, o'z bilganingizcha mashg'ulot qildirmang derdim. Hatto shu yoshda og'ir toshlarni, mening farzandim kuchli bo'ladi boshqalardan deb ko'tartiradigan ota-onalar bor. Hammasining o'z dasturi bor, bolaning o'ziga qo'yib berish kerak, bolaning bolaligini o'g'irlamaylik.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика