So’nggi yangiliklar

02:59Европа лигаси. Умумий гуруҳ босқичи якунига етди  0 02:29"Кристал Пэлас" "Астон Вилла" футболчисини ижарага олди  0 01:53Жеррард яна бир бор Слотни танқид қилди  1 01:24ПСЖ етакчиси сафдан чиқди  0 00:53Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол"дан бир хил натижа  1 00:16БАА. "Банияс" "Ал Наср"ни мағлуб этди, Шукуров тўлиқ ўйин ўтказди  2 23:50Вернер АҚШ жамоасига ўтди, бироқ "Интер Майами"га эмас  0 23:28"Андижон" назорат ўйинида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1 23:05Қирғиз Республикаси чемпиони Ўзбекистоннинг икки чемпиони билан ўйнайди  0 22:48Суперлига. 1-тур учрашувлари ўтказиладиган кунлар маълум қилинди  2 22:35ОКМК назорат ўйинида Хитой жамоасига мағлуб бўлди  1 22:12"Насаф" "Ал Шорта"га қарши ўйинни қайси стадионда ўтказади?  5 21:44Аморим А Серия жамоасига ўтди  7 21:19"Қайрат" ўзининг илк Чемпионлар Лигасида қанча ишлаб олди?  6 20:51БАА. "Ал Батеҳ" дуранг ўйнади, Азизжон Ғаниевдан гол!  2

Nodirbek To'ychiev PFL rahbari bilan uchrashdi Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev PFL rahbari bilan uchrashdi

So'nggi kunlarda Andijon futbolida orqaga ketish yaqqol ko'zga tashlanib qoldi.
Bu masalaga barham berish maqsadida jamoa muxlislarining faollaridan biri Nodirbek To'ychiev bugun PFL binosida bo'ldi.

Uchrashuvda shu narsa malum bo'ldiki, 12 sentyabr kuni, agar rejalar o'zgarmasa, O'FF prezidenti Mirabror Zufarovich Andijonga tashrif buyuradi.

"Usmonovning "Navbahor"ga bergan yordamidan butun vodiy mamnun bo'ldi. Endi navbat Andijonimizga kelib turganidan xursand bo'lib turibmiz. Ishqilib, bizning klub ishlari ham yurishib ketsin", - deydi muxlislar klubining faoli.

Bizga malum bo'lishicha, bugun bir qator andijonlik muxlislar O'zbekiston -  Yangi Zelandiya o'yinini ham tomosha qilishadi.

"Avvalgi o'yin shunchalik zerikarli bo'ldiki, xafa bo'lib ketdik. Do'stimiz Abdurahmon Fozilovni yo'qligi bilindi. SHunda, andijonliklarga ketdik deb, bugun o'yinga kelaverdik. Bir tomondan O'FFni targ'ibotiga ham qoyil qolmadim. Terma jamoa o'ynayapti-yu, hech qaerda targ'ibot ishlari yo'q. Bu bilan qanday qilib stadionga odam to'plash mumkin, hayronman", - deydi To'ychiev.

Bugun ofisimizda mehmon bo'lgan "Andijon" fan klubining sardori bilan o'tkazilgan eksklyuziv intervyuni ertaga saytimizda o'qishingiz mumkin bo'ladi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика