So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Nodirbek To'ychiev: “Futbol shinavandalarini yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman” Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: “Futbol shinavandalarini yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman”

Bugun barchamiz orziqib kutgan oliy liga bahslariga start beriladi. Jamoalar yangi mavsumga o'z imkoniyatidan kelib chiqib, turlicha tayyorgarlik ko'rdi.
Albatta joriy chempionatni qiziq o'tishiga umid qilamiz. “Andijon” muxlislar klubi raisi Nodirbek To'yichev yangi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalambor yurtimizdagi barcha futbol shinavandalarini yangi futbol mavsumi bilan samimiy muborakbod etaman. Ishonamizki bu yil chempionat juda qiziqarli bo'ladi. Nega desangiz 4 ta jamoamiz OCHLda juda yahshi o'ynamoqda. Agar OCHLgadagi klublarimiz singari yana shunday to'rtta jamoa ular bilan kurashga kirishsa juda xam qiziqarli bo'lardi.

- MOQ va O'FF prezidenti Mirabror Usmonov kelishilgan o'yinlar bilan juda qattiq shug'ullanyapti. Umid qilamizki bu yil kelishilgan uchrashuvlar bo'lmaydi va ishqibozlar toza futbolga guvoh bo'ladi.

Sevimli jamoam “Andijon”ni bu yilgi selekciyasidan ko'nglim to'q deya olaman. Balki boshqalarga yoqmasligi mumkindir. Yaxshi futbolchilar olmadi deb. Lekin hozirgi yigitlarni qishki tayyorgarliklarida ikkita o'yinini ko'rdim. Ishtiyoq bor futbolchilarni oldi Edgar Gess. Hozirgi sharoitimizga qaraganda jamoamiz kuchli. CHunki xozir “Andijon” jamoamiz juda qiyin axvolda. Xudo xohlasa yaxshi ham bo'lib ketar. Klubimizdan xomiyimiz xafa shekilli. Negaki jamoa yutqazavergach xomiyimiz xam pul bermsdan qo'ydi. Bu yil jamoaning g'alabalari soni ko'p bo'lsa, homiy ham mablag' ajratib beradi va hammasi joyiga tushadi degan umiddamiz.

- Biz muxlislar Edgar Gess shogirdlariga ishonamiz. Bollarni o'ynatib yuborishda murabbiy ham katta rol o'ynaydi. Biz Gessga ishonamiz.

- “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublariga bu yilgi chempionatda “Olmaliq”, “Neftchi”, “Mashal”, “Navbaxor” va albatta “Andijon” jamoalari jiddiy qarshili qiladigan jamoalar deb bilaman. Masalan vodiy jamoalarini uyida yuqorida nomi keltirib o'tilgan to'rtta klub juda qiynaladi. CHunki o'ziz ham bilasiz vodiyni 12-o'yinchilari juda kuchli. SHunga vodiy jamoalari jiddiy qarshilik qila olishadi deb qo'rqmasdan ayta olaman, - deydi Nodirbek To'ychiev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика