So’nggi yangiliklar

01:20Қозоғистон УЕФА президентининг ташрифига тайёргарлик кўрмоқда  1 00:59Миржалол Қосимов: "Кечирасиз, кейинги ўйинимиз чемпионат доирасида бўлиб ўтади, кубок эмас"  1 00:27Ла Лига. "Реал Мадрид" "Хетафе" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)   4 00:05Рўзиқул Бердиев: "Биринчи бўлимдаги ҳисоб ортиқча хотиржамлик берди"  4 23:45"Бавария" Чемпионлар лигасидан чиқиб кетганидан сўнг янги марказий ҳимоячи изламоқда  5 23:30АПЛ. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар маълум!  2 23:25А Серия. “Парма” ўз уйида “Ювентус”ни мағлубиятга учратди  6 23:22Италия кубоги. "Интер" – "Милан" (онлайн ҳисоб)   7 23:04Улуғбек Бакаев: "Мен учун ёш ўйинчи деган тушунча йўқ. "Навбаҳор"га қарши ғалаба учун майдонга чиқамиз"  5 22:35БАА. "Ал Батеҳ" "Ал Васл"га ютқазган ўйинда Ғаниев ассист қайд этди  0 22:30Тебас лавозимидан четлатилиши мумкинлигинидан хавотирланмаяпти. "Реал" Ла Лига президенти устидан шикоят киритганди  3 22:14Ўзбекистон Кубоги. Олмалиқдаги "отишма"да ОКМК камбэк эвазига "Насаф"дан устун келди  76 22:00"Ман Сити" Коштани 40 миллион еврога имзолашга умид қилмоқда  3 21:40Рэшфорднинг келажаги мавсум якунлангач маълум бўлади  0 20:45"Барселона" ўз бош мураббийи билан янги шартнома бўйича келишувга эришди  0

Nodir Qo'yboqov: “Zomin”da moliyaviy muammolar bor” Yangiliklar

Nodir Qo'yboqov: “Zomin”da moliyaviy muammolar bor”

Pro liga ishtirokchisi “Zomin” klubi bugungi kunda turnir jadvalining oxirgi o'rinini egallab turibdi.

Jamoa ko'rsatayotgan natijalar yaxshi deb bo'lmaydi. Xo'sh, natijalarning salbiy ko'rinish olishiga nima sabab bo'layotgani yuzasidan jamoa himoyachisi Nodir Qo'yboqov fikrlariga quloq tutdik. 

 Malumot uchun, Nodir Qo'yboqov shu vaqtga qadar “So'g'diyona” yoshlar jamoasida o'ynab kelgan. Mavsum boshida “Zomin” klubiga kelib qo'shilgan edi. 


- Nodir, “Zomin” bugungi kunda Pro ligadagi holati yaxshi emas. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- Mavsumni yaxshi boshlagandik. Lekin keyinchalik natijalarimizda pasayishlar kuzatildi. Bunga nima sabab bo'layotganini hozir aniq ayta olmayman. Albatta, qayd etayotgan natijalarimiz yaxshi emas va bundan muxlislarimiz ham norozi.

- Moliyaviy holat qanday?

- Albatta, moliyaviy muammolarimiz bor. Buni yashirib o'tirmoqchi emasman.

Jamoada yaxshi futbolchilar ko'p. O'ylaymanki, ikkinchi davrada natijalarimiz ijobiy ko'rinish oladi. Bu holatda qolib ketmoqchi emasmiz. Vaziyatni yaxshilash va natijalarimiz bilan muxlislarni xursand qilish niyatidamiz. Hozirgi holatimiz vaqtinchalik deya olaman.

- Ortda qolgan 13 turda eng qiyin o'yin kimga qarshi kechdi?

- Pro ligada birorta o'yin oson kechmayapti. Har bir bahs o'ziga yarasha qiyin o'tmoqda. Eng qiyin o'yin deb, nazarimda, “Turon”ga qarshi o'z maydonimizda o'tkazgan bahs bo'ldi. 

- “So'g'diyona” yoshlarida o'ynab kelgansiz. Asosiy tarkibga qo'shila olmaganingizga nima sabab bo'ldi?

- Tajriba etishmadi deya olaman. Jamoaning asosiy tarkibida jiddiy raqobat bo'lib kelgan. Hozirda ham ancha kuchli himoyachilar to'planishgan. Menda bu borada tajriba etishmadi va shu sababli ham asosan yoshlar jamoasida o'ynab keldim.

- Jamoada yaxshi himoyachilar to'planishgan deb aytdingiz. Qaysi bir ijrochilarning harakatlari sizga yoqadi?

- Elyor Orifov va Sardor Qulmatov o'yinlari menga maqul keladi. To'g'ri, ikkisining o'yin uslubi boshqacha. Lekin ikkisida ham o'zingiz uchun nimadir olish imkoni bor. Xullas, men bu futbolchilarni kuzatib kelaman.

- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- Birinchi navbatda Superligada debyut qilishni maqsad qilganman. SHu vaqtgacha Superligada o'ynamaganman. SHuningdek, terma jamoa libosida o'ynash orzusidaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика