Nodir Eliboev: "Yigitlar oddiylik, ahillik va samimiylik bilan bunga erishishdi"
27 sen 2021 16:11
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "Yigitlar oddiylik, ahillik va samimiylik bilan bunga erishishdi"
Terma jamoamizda bosh murabbiy Bahodir Ahmedovga musobaqada ko'maklashgan Nodir Eliboev saytimiz muxbiriga Jahon chempionati xulosalari va fikrlarini bildirdi.
"Jahon chempionati mutlaqo boshqa muhitdagi musobaqa hisoblanadi. Bu safargi ishtirokimiz oldingi turnirdagidan yaxshiroq bo'ldi, deb o'ylayman. Har bir o'yinda tengma-teng, kerak bo'lsa ustun ham harakat qildik. Ilk turda hayajon sabab biroz o'yinimiz chiqmadi. Keyinchalik yigitlar o'zlarini tiklab olishdi. Maqsadimiz guruhdan chiqish edi. Kolumbiyadagi Jahon chempionatida futbolchi sifatida qatnashgandim. Endi esa murabbiy. Fikrimcha chetda turgandan ko'ra o'yinchi bo'lib to'p tepish osonroq ekan. Yigitlar Litvada xarakter ko'rsata olishganini sabab ularning ahil ekanligida. Ahillik, samimiylik va oddiylik bilan bunga erishishdi",- deydi Nodir Eliboev.
Fikrlar