So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Nodir Eliboev: "Yigitlar haqiqiy iroda ko'rsatishdi" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Yigitlar haqiqiy iroda ko'rsatishdi"

Teglar :  Nodir Eliboev
Kecha O'zbekiston futzal terma jamoasi Venesuelaga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Xarakter ko'rsata oldik. Hisob 0:2 bo'lgunigacha ikkinchi raqam ostida o'ynashga majbur bo'ldik. Bu biz tomondan berilgan ko'rsatma edi. SHundan so'ng bosimni kuchaytirdik, hujumlar sonini oshirdik. SHuni evaziga g'alaba qozondik, deb o'ylayman. 

Birinchi o'yinda Venesuela bizni yaxshi o'rgangani ko'rinib turdi. Ikkinchi bo'limga boshqacha ruhiyatda maydonga tushdi. Bu uchrashuvda esa agressiv harakat qilishdi. Biz esa aksini qildik va himoyaga etibor qaratdik. Hisobda ortda borayotganimizda yigitlar haqiqiy iroda ko'rsata olishdi. 

Hozirda o'yinchilarga hordiq chiqarish imkonini beramiz. 3 iyul sanasidan yana yig'inga kirishamiz. SHundan so'ng Jahon chempionatigacha to'xtash yo'q. Keyingi oydagi yig'in to'liq o'zimizda o'tadi. Avgust oyida to'liq Evropada tayyorgarlikni olib boramiz. Ispaniya, Portugaliya, Argentinaga o'xshagan kuchli va nomdor raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etamiz",- deydi Nodir Eliboev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика