Nodar Akhalkaci xalqaro musobaqasi. Bunyodkor uchinchi o'rin sohibi
02 iyu 2019 14:10
Yangiliklar
Nodar Akhalkaci xalqaro musobaqasi. Bunyodkor uchinchi o'rin sohibi
3-o'rin uchun bahsda Tblisining «Liaxvi» jamoasiga qarshi maydonga chiqqan «qaldirg'ochlarimiz» penaltilar seriyasida g'olib bo'ldi. O'yining asosiy vaqtida darvozalarga to'rtta gol kiritildi. Penaltilar seriyasida omad Alisher Ibrohimov shogirdlariga kulib boqdi - 5:4.
G'oliblarni taqdirlash marosimida tarbiyalanuvchilar nafaqat bronza medallarni qabul qilib olishdi, balki yana ikki nominaciyada ham tengsiz bo'lishdi. Musobaqa tashkilotchilari «Bunyodkor-2009»ni turnirning «Eng yaxshi jamoasi» deb topishdi. Qolaversa, darvozabon Saidg'ani Saidbahromov musobaqaning «Eng yaxshi darvozaboni» nominaciyasida tengsiz bo'ldi.
O'z navbatida jamoa murabbiylar shtabi musobaqa tashkilotchilariga estalik sovg'alarini topshirishdi.
«Nodar Akhalkaci» xalqaro musobaqasi
«BUNYODKOR-2009» - «LIAXVI» (Gruziya) - 2:2 (pen.bo'y.: 5:4)
«Bunyodkor-2009»: Saidg'ani Saidbahromov, SHahboz Buxarov, Ibrohim Murodullaev, Abdulbosid Islomjonov, Mirzabek Hamdamov, Muhammadsolih Abdumajidov, Farrux Solijonov, Diyorbek SHoniyozov, Odiljon Dilshodov.
Zaxiradagilar: Davron Berdiyorov, Sardor Sodiqov, Behruz Eshpo'latov, Jaloliddin Olovuddinov, Zokirshoh Karimov, Ibrohim Olimjonov, Muhammadali Abdusolixov, Jaloliddin Sadullaev, Jahongir Xusanov, Muhammadyusuf Hamidjonov, Bobur Hamroqulov, Bunyodjon G'ofurjonov.
Gollar: Abdulbosid Islomjonov, SHahboz Buxarov.
Fikrlar