Nkunku yana safdan chiqdi
07 jan 16:34
Yangiliklar
Nkunku yana safdan chiqdi
"CHelsi" futbolchisi Kristofer Nkunku jarohati sababli bir necha haftaga safdan chiqdi.
Kecha futbolchi "CHelsi"ning Angliya kubogi doirasida "Preston"ga qarshi o'yinini o'tkazib yubordi. O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino futbolchi mashg'ulot paytida jarohat olganini aytib o'tdi. Aytilishicha, futbolchi 2-3 haftaga safdan chiqqan.
Kristofer 2023 yil yozida "CHelsi"ga o'tgandi. Biroq tizzasidagi jarohati sababli u dekabr oyi oxirlariga qadar o'ynay olmadi. SHundan keyin u 4 o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar