Nketia "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. U yozda erkin agentga aylanadi
02 dek 2021 14:00
Yangiliklar
Nketia "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. U yozda erkin agentga aylanadi
"Arsenal" hujumchisi Edvard Nketia mavsum so'nggida klubini o'zgartirishi mumkin.
22 yoshli angliyalik futbolchi londonliklarning shartnomani uzaytirish borasidagi navbatdagi takliflarini rad etdi.
Nketianing qaroriga moliyaviy shartlar emas, o'yin amaliyoti etishmasiligi sabab bo'ldi. Forvard joriy mavsum atigi 2ta o'yinda maydonga tushdi - Angliya liga kubogida.
Nketianing "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar