So’nggi yangiliklar

15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  1 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1

Nima uchun O'FAga kuchli mutaxassislar kelmaydi, eng katta qilingan ish qaysi? Yangiliklar

Nima uchun O'FAga kuchli mutaxassislar kelmaydi, eng katta qilingan ish qaysi?

Alisher Nikimbaev O'FA haqida gap yuritar ekan, jamoa shakllanmaganligini aytib o'tdi. Qo'shilaman, aslida jamoa buzilib ketganiga 5-6 yil bo'ldi.

Buni barchasi moliyaga borib taqaladi. Bugun mutaxassislar (o'zi ular sanoqli) klublarda faoliyat olib borishni maqul ko'ryaptilar. CHunki, klublarda 10-30 mlnga yaqin daromad qilsa bo'ladi. O'FA tizimida esa, maoshlar 2.5 - 4.5 mlngacha. Tabiiyki, bunday paytda, bunday maoshga 10-30 mln olib turgan kishi kelmaydi. Natijada, katta tashkilotdagi mutaxassislar, tajribasiz yoshlar orqali shakllanyapti.


To'g'ri, aksar bo'limlarda maoshlar katta, lekin bundaylar kam. Bu mutaxassislar, yillar davomida faoliyat olib boryaptilar va aynan ularni almashtiradigan payt kelgan. CHunki ular bilan o'zbek futboli hech nimaga erishmadi.


Klub va eng katta tashkilot o'rtasidagi maoshlar o'rtasidagi nomutanosiblik, eng katta sabab bo'lyapti jamoani shakllanmasligiga. Masalan, men ham Toshkent shahrini zo'r bo'lib ketishini juda - juda istayman. Lekin so'nggi marotaba yanvar oyida maosh olganmiz! Xodimlarimizni, qarz olishga odami qolmagan. Qanday qilib bunday vaziyatda jamoani shakllantirasiz? 

SHahsan men ham sentyabr oyigacha sabr qilaman, chunki pulga xirs qo'ymaganman. Oddiy hayotda katta bo'ldim va yig'iladigan millionlar, ertaga senga sadoqat qilmasligini bilaman. SHuning uchun hech qachon maosh borasida gap talashmaganman. Lekin oila, farzandlaring katta bo'lgan sari, ehtiyoj uchun ham kerak bo'ladi pul.


Alisher Nikimbaev, Avaz Berdiqulov, Farhod Abdullaev kabi mutaxassislar o'zbek futboliga kerak, ammo ular 5 mln maoshga kelishmaydi. Bu pulga klublardagi mutaxassislar ham kelmaydi. Toshkentda ijaraga uy olishni o'zi 2-2.5 mln so'm bo'lsa, eb ichish, hayot deganlaridek. Futboldagi mutaxassis ham, futbolchi va murabbiy kabi moliyalashadigan payt keldi. Butun dunyoda shunday. 


Hamma narsa moliyaga borib taqaladi. Yaxshi moliya, yaxshi kadrlar degani. Pul bo'lmasa, hech qanaqa komanda yig'ib bo'lmaydi. O'FA va PFLda qilinishi kerak bo'lgan bugungi kundagi ish, bu kerak bo'lmagan mutaxassislarni, rahmdillik qilmasdan bo'shatib, ishlayotgan mutaxassislarni maoshini oshirish. SHunda ishda unum ham, sifat ham bo'ladi.

So'nggi 1 yil davomida yaxshi ishlar ham bo'ldi. Men yillar davomida hududiy federaciyalarga etibor qaratish kerakligini aytib kelardim. Namanganga SHuhrat Mirxoldirshoev, Farg'onaga Nosir Otaqo'ziev, Toshkent viloyatiga Asker Jadigerov, Sirdaryoga Rustam Qodirov kabi o'z paytida futbolni qoyillatgan va viloyat futboli uchun jon kuydiradigan kishilar rahbar etib tayinlandi. Surxondaryoda "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, SHomurodovlar sulolasidan, Sanjarni ko'rsatishim mumkin, unga Baxriddin Vahobov yordam beryapti. Xullas, yillar davomida, hech kim etibor qilmagan tomonlarga, nazar tashlandi. Buning mevasini keyingi 10 yilda ko'ramiz. 


Abdusalom Azizov, Ravshan Ermatov va Baxtiyor SHirinovni tashabbuslari bilan, har bir hududiy associaciyalarni moliyaviy holati yaxshilandi. SHu kungacha 3-4ta tashkilot arzimagan maosh bilan taminlanib kelingan bo'lsa, bugun masala hal bo'ldi. Maoshlar nisbatan oshdi. Pul topayotgan associaciyalar soni 10ga etdi. Bu katta o'sish. 2017 yilga qadar esa, oz bo'lsada Mirabror Zufarovich tomonidan ochilgan fond federaciyalarni moliya bilan taminlab turgan.


Farg'ona viloyati hokimi FFAga 4ta suniy maydon, 60 kishilik yotoqxona, basseyn va zali bor kompleksni sovg'a qildi. Bunaqasi Markaziy Osiyoda yo'q! Namangan viloyati hokimi esa sal kam, 1 mlrdga yaqin so'mni NFAga o'tkazib berdi. Bir necha yildirki, Xayrulla Bozorovni ko'plab hokimlarga futbolga etibor qilish bo'yicha namuna bo'lib kelyapti.

Eski rahbar paytida o'rtoqlik o'yinlarni zo'ri bo'ldi deyishingiz mumkin. Bunday imkoniyat 4 yilda bir marotaba bo'ladi. Agar JCHga chiqa olsak, bizda o'rtoqlik o'yinlari bilan muammo bo'lmaydi, agar chiqa olmasak, JCHga chiqqan jamoalar atayin kuchsiz terma jamoalarga sparring raqib sifatida takliflar yuboradi. Bunday o'yinlarni biz endi yana 2022 yil ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Avvallari ham yaxshi terma jamoalardan bizga takliflar bo'lgan. Ammo murabbiylar istamadi. 2018 yil esa, biz murabbiysiz edik.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика