So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Nikola Milinkovich: "Faoliyatimni “Sug'diyona”da yakunlamoqchiman" Yangiliklar

Nikola Milinkovich: "Faoliyatimni “Sug'diyona”da yakunlamoqchiman"

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda, Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi azosi Nikola Milinkovichni klubdan ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog'landik.

- Nikola, “So'g'diyona”dan ketganingiz rostmi? Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga izoh bersangiz...
- Mening klub bilan shartnomam 30 noyabrda tugadi. Jamoada qolib keyingi yil sovrinlar uchun kurashishni istayman. Menga bu erda barcha narsa maqul. Yana besh, olti yil “So'g'diyona”da qolib, so'ng faoliyatimni yakunlamoqchiman. Hozirda Serbiyaga vatanimga qaytdim, tatilni o'z yurtimda, oilam davrasida o'tkazmoqchiman. O'zbekistonda qolish yoki qolmasligim borasida aniq gap ayta olmayman. SHunisi aniqki, men jon deb bu erda qolishni xohlayman.



- Bu yil jamoa mavsumni to'rtinchi pog'onada tugatdi. Osiyo CHempionlar ligasiga chiqishiga bir qadam qolgandi. Umuman yakunlangan mavsumni qanday baholaysiz?
- To'rtinchi o'rin biz uchun yaqin yillardagi tarixiy natija hisoblanadi. So'nggi turgacha sovrinli o'rinlar uchun kurashdik. O'ylaymanki, qayd etilgan natijalar, jamoa namoyish etgan o'yin muxlislar etirofini qozona oldi. Fikrimcha, biz OCHLga munosib edik. Hamma yuqori saviyada ishladi. Muxlislar, klub prizdenti, murabbiylar, futbolchilar va qolgan xodimlar birlasha oldi. Garchi so'nggi o'yinda mag'lub bo'lib, imkoniyatni boy bergan bo'lsakda natijadan mamnunman.

- Sizni klubga Sergey Lushan taklif qilgandi. Orada katta o'zgarishlar yuz berdi. Murabbiy almashdi. Ulug'bek Baqoev bilan Sergey Lushchan o'rtasidagi tafovutni aytib bera olasizmi? Boisi siz ikki murabbiy qo'l ostida turlicha o'yin namoyish etdingiz...
- Buni qarangki, menga ikki ajoyib murabbiy bilan birga ishlash nasib qildi. Ular turlicha uslubga ega. Men ikkalasi uchun ham bir jamoaning o'yinchisi edim. Vazifalarim o'zgargani yo'q. Baqoev va Lushchan faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiylar hisoblanadi

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика