Niko Kovach qo'l ostidagi "Bavariya"dan ajoyib natija
21 sen 2018 13:05
Yangiliklar
Niko Kovach qo'l ostidagi "Bavariya"dan ajoyib natija
Xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach "Bavariya" ruliga o'tirganidan buyon jamoa g'alabali seriyalarni davom ettirmoqda.
Kovach "Bavariya"dagi debyut uchrashuvini Germaniya superkubogida g'alaba bilan nishonlagandi. Keyinchalik myunxenliklar Germaniya kubogida ham g'alaba nashidasini surishdi. Bundesligada esa "Bavariya" o'tkazilgan uchta turning barchasida g'alaba qozondi. Niko Kovach ECHLdagi o'zining debyut bahsini ham yutuq bilan boshladi.
Ayni paytda "Bavariya" Niko Kovach qo'l ostida jami 6 o'yin o'tkazdi va barchasida g'alabani tantana qildi. To'plar nisbati - 17:2.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar