Niko Kovach “Bavariya”ning mag'lubiyatidan so'ng nimalar dedi?

29 sen 2018, 07:25
“Bavariya” bosh murabbiyi Niko Kovach “Gerta”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz juda ko'p vaziyatlarni qo'ldan boy berdik. Raqibga esa ikkita gol urishga imkon taqdim etdik. Aslida bu ikki vaziyatdan ham chiqib ketish mumkin edi. Biz xato qildik va buning uchun jazo oldik. Bunday penalti shunchaki imkonsiz, o'z jarima maydonchang ichida bunday o'ynash mumkin emas. Umuman olganda esa biz yaxshi o'yin o'tkazdik, vaholanki natija buning aksini ko'rsatmoqda. Agar bir nechta vaziyatimizdan unumli foydalanganimizda esa hozir o'yinni boshqa tarafdan muhokama qilib o'tirgan bo'lardik. 2 o'yinda 1 ochko - bu umuman muammo emas. Bu bizning birinchi mag'lubiyatimiz. Ko'pchilik bizning mavsumda bitta ham mag'lub bo'lmasligimiz haqida gapirgan edi. Jamoamizni bilgan insonlarga shunisi ma'lumki, biz shunchaki taslim bo'lmaymiz”,-dedi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Manba: @iMiaSanMia