So’nggi yangiliklar

14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  1 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  27 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3

Nikita Ribkin: “Terek” bizdan kuchli o'ynagani yo'q” Yangiliklar

Nikita Ribkin: “Terek” bizdan kuchli o'ynagani yo'q”

Kecha Toshkentning “Paxtakor” klubi Turkiya yig'ini doirasida Rossiyaning “Terek” klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'yinda “sherlar” darvozasini qo'riqlagan Nikita Ribkin bilan aloqaga chiqib, uchrashuv borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- "Terek"ka qarshi o'yin haqida nima deya olasiz? Raqib nimaning evaziga g'alaba qozondi?
- Ochig'ini aytganda, “Terek” juda kuchli emasdi. Birinchi bo'limda tashabbus biz tomonda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda hushyorlikni yo'qotdik, shu sababli qisqa vaqt ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. Agar 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda imkoniyatdan foydalana olganimizda bahs bizning foydamizga hal bo'lishi mumkin edi.

- Jamoa tarkibiga yangilardan Kamoliddin Tojiev, Egor Krimec va Artyom Filiposyan qo'shilgan. Ular haqida nima deya olasiz?
- Avvalo Kamoliddin Tojiev va Egor Krimec jamoada yangi deb bo'lmaydi. Ular bir necha yil davomida “Paxtakor”da o'ynashgan. Egor Krimec bir yil davomida Xitoyda o'ynab ancha katta tajriba orttirdi. U milliy terma jamoa darajasiga etdi. Kamoliddin Tojiev juda tajribali futbolchi, yoshlarga uning foydasi tegadi. Artyom Filiposyan esa yaqindagina jarohatdan so'ng umumiy guruhga qaytgan bo'lishiga qaramay, kechagi o'yinda o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi.

- O'z o'yiningiz borasida nima deya olasiz? Raqib safida qaysi futbolchi darvozangiz tomon ko'proq zarba berdi?

- O'z o'yinim borasida hech nima deya olmayman, bundan ham yaxshiroq o'ynash uchun nimalar ustida ishlash kerakligini bilaman. “Terek”da kim ko'p zarba berganini sanaganim yo'q. Bundan tashqari, himoyachlar ham menga yordam berib turishdi va bir qator vaziyatlarda xavfni bartaraf qilishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика