So’nggi yangiliklar

02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  1 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  10 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  15 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  0 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  2 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  22 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  10 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  3 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  1 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  14

Nikita Pavlenko: "Gol urilgan vaziyatda omadim ham keldi" Yangiliklar

Nikita Pavlenko: "Gol urilgan vaziyatda omadim ham keldi"

"Olmaliq" va "Neftchi" o'rtasidagi o'yinda yagona golni urgan Nikita Pavlenko o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayapmiz. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayapmiz. Orada o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazilmoqda. Bugun "Neftchi" bilan o'ynadik. Raqib ham xuddi biz kabi jismoniy yuklamalardan so'ng maydonga tushdi. Yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Murabbiylar bir qator futbolchilarni sinab ko'rishdi.

Golga kelsak o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'p sherigimning boshiga tegib men turgan joyga keldi. Yaqin masofadan to'p kiritish qiyin bo'lgani yo'q. Bu holatda omadim ham keldi.

Tarkibimizga kuchli futbolchilar qo'shilishmoqda. Masalan, Darko Stanoevich tajribali himoyachi, Farhod Tojiev O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynagan.

Raqobatdan qo'rqmayman. Kim kuchli bo'lsa murabbiylarni aynan uni maydonga tushirishadi. Biz futbolchilar mashg'ulotlarda tinmay mehnat qilishda davom etishimiz kerak", - deydi Pavlenko. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика