Nikita Efremenko: "Yutishni xohlagandik"
08 apr 2016 16:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204154_original.jpg)
![](/upload/storage/204154_220.jpg)
Nikita Efremenko: "Yutishni xohlagandik"
- Albatta, og'ir o'yin bo'ldi. CHunki "Oq-tepa"dek raqiblarga qarshi bahs doimo qiyin kechadi. Tabiiyki, kechagi bellashuv ham biz uchun oson o'tgani yo'q. Raqib tarkibida oliy ligada to'p surgan bir qator o'yinchilar bor. To'pni o'zida ushlab turish, nazorat qilish borasida raqib etarlicha salohiyatga ega. Ular istagan vaqtida o'yin tempini o'zgartirib yubora olishlari mumkin. Ammo bugun biz g'alaba qozondik.
G'alaba nimaning hisobiga qo'lga kiritildi? Biz yutishni chin dildan xohlagandik. SHunga mos ravishda uchrashuvga tayyorgarlik ko'rgandik. Ishtiyoq bilan to'p surganimiz ham qo'l keldi. "Oq-tepa" jamoasining yarim himoyasi menga manzur bo'ldi. Tajribali futbolchilar hujum tashkil qilishda ham, bizning hujumlarimizni buzishda ham faollik ko'rsatishdi, - deydi Efremenko.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar