So’nggi yangiliklar

17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  4 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  7 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  1 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  1 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  27 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  3 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  1

Nihoyat! "Surxon" yangi mavsumni Termizda boshlaydi Yangiliklar

Nihoyat! "Surxon" yangi mavsumni Termizda boshlaydi

Stadiondagi muammolar sabab so'nggi yillarda raqiblarini boshqa shaharlarda qabul qilgan "Surxon" 2025 yilgi mavsumdan etiboran o'z uyiga qaytadi.

Termizdagi "Surxon Arena" maydoni, uning drenaj va sug'orish tizimi, shuningdek, stadion yoritish tizimi Liga talablari asosida tamirdan chiqarilgan. SHuningdek, stadion ortida yana bitta tabiiy maydon bunyod etilgan bo'lib, bu erda U-21 jamoasi o'z raqiblarini qabul qilishi ko'zda tutilgan.

Termiz qolgan shaharlarga nisbatan uzoqroq ekanidan kelib chiqib, Associaciya va "Surxon" o'zaro hamkorlikda VAR texnikasi xarid qilgan. Mazkur texnika stadionga o'rnatiladi va undan Superliga bellashuvlari davomida foydalaniladi. SHuningdek, viloyat televideniesi Termizdagi uchrashuvlarni teletranslyaciya qilishi masalasida ish olib boriladi. SHu kunga qadar Superliga o'yinlarida VAR texnikasidan foydalanish bo'yicha ishlab kelayotgan tizim masofa jihatidan Termizga mos kelmasdi. SHundan kelib chiqib, stadion foydalanishga topshirilishi masalasida 2024 yilgi mavsum davomida qator ishlar amalga oshirildi va "Surxon" yaqinlashayotgan mavsum uchun o'z arenasini Liga ro'yxatidan o'tkazdi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика