Nihoyat, "Manchester Yunayted" Tellesning transferini elon qildi
05 okt 2020 22:21
Yangiliklar


Nihoyat, "Manchester Yunayted" Tellesning transferini elon qildi
"Portu"ning chap qanot himoyachisi Aleks Telles "Manchester Yunayted"ga o'tdi.
Oldinroq futbolchining transfer narxi 20 mln evroni tashkil qilishi aytilgandi. 27 yoshli futbolchi MYU bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Telles "Portu" tarkibida 195 o'yinda 26 gol hamda 57 assist qayd etgan.
"Orzular ushalmoqda. Bunday klubga o'tgandan keyin futbolchi yurakdan mehnat qilib, oldinga qadam tashlab, rivojlanishda davom etishi kerak. Klub uchun, jamoaning natijalarini yaxshilash uchun qo'limdan kelganini bajaraman. "Portu" bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqdim, MYU bilan ham buni davom ettirmoqchiman", - dedi Telles.
Qayd etish kerak, Telles "Manchester Yunayted"ga o'tgan 18-braziliyalikka aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar