Nihoyat, Dibala tuzaldi!
06 may 2020 22:05
Yangiliklar


Nihoyat, Dibala tuzaldi!
Biroz oldin, “Yuventus” forvardi Paulo Dibala koronavirusdan to'liq forig' bo'lgani haqida xabar berdi.
Futbolchi 24 martdan buyon to'rtta test topshirdi va ularning barchasi ijobiy (infekciya aniqlandi) natija berayotgan edi.
Argentinalik Instagram'dagi sahifasiga o'z hissiyotlarini aks ettiruvchi suratini joyladi.
“Yuzim hamma narsani aytib turibdi, oxir-oqibat koronavirusdan xolos bo'ldim”, deb yozadi Dibala.
26 yoshli o'yinchi joriy mavsum klub libosida 34ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urdi va 12ta pasni o'z hisobiga yozdirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar