Nigeriya sobiq bosh murabbiyi Keshi vafot etdi
08 iyu 2016 11:47
Yangiliklar
Nigeriya sobiq bosh murabbiyi Keshi vafot etdi
Nigeriya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Stiven Keshi 53 yoshda olamdan ko'z yumdi.
Keshi bugun tunda Nigeriyadan AQSHga uchib ketishi kerak edi. Afrikalik mutaxassis o'limiga yurak huruji sabab bo'ldi.
Stiven do'stlarining aytishicha, Keshida hech qachon yurak bilan muammo bo'lmagan: "Bunday holatlar avval bo'lmagan edi. Ammo u ayolining o'limiga chiday olmagan bo'lsa kerak".
Keshining xotini o'tgan yili rak tufayli vafot etgan edi.
Stiven Nigeriya terma jamoasida futbolchi sifatida 64 uchrashuvda maydonga tushgan va 9 ta gol urgan. U 2013 yilda terma jamoani boshqara boshladi va Afrika Kubogida g'alaba qozondi.
Fikrlar