So’nggi yangiliklar

15:03Каннаваро қандай мураббий?  1 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  0 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  0 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  1 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  22 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  6 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  33 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  26

Niderlandiyada mavsum yakunlandi: CHempion yo'q, uni tark etganlar ham, biroq "Utrext" sudga murojaat qilmoqchi Yangiliklar

Niderlandiyada mavsum yakunlandi: CHempion yo'q, uni tark etganlar ham, biroq "Utrext" sudga murojaat qilmoqchi

Evropa futbolida muhim qadam: Niderlandiya kelasi mavsumni yaxshi boshlash uchun bu yilgi chempionatni bekor qildi.

Albatta, koronavirus tufayli. Belgiyada (ular birinchi bo'lib ushbu g'oyani ilgari surishgandi) hozircha bunday qaror qabul qilingani yo'q. Bu erda esa barchasi rasmiy.


Ayni damda bizga malum bo'lgan malumotlar:


- Mavsum yakunlab qo'yilmaydi - u to'liq bekor qilinadi: Eredivizi va Erstedivizida (ikkinchi divizion). Bunaqasi 1945 yildan keyin ilk marta sodir bo'ldi.


- CHempion aniqlanmaydi: Etakchilik qilayotgan "Ayaks" CHempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi (to'rtinchi raund). Uzoq vaqt ichida dastlabki marotaba haqiqatdan ham chempionlik uchun kurashgan AZ CHempionlar ligasi saralashining ikkinchi raundida qatnashadi.


- Alkmarliklar norozi: Birinchidan, ular va "Ayaks"da ochkolar teng (56dan) edi, ikkinchidan, joriy mavsum ular amsterdamliklarni ikki marotaba mag'lub etishdi va faqat to'plar nisbati tufayli jadvalda pastda edi. Ha, bu muhim ko'rsatkich, ammo hamma o'yinlar o'tkazilgandagina AZ tepada bo'lishi mumkin.


- Evropa ligasi uchun pley-off bahslari o'tkazilmaydigan bo'ldi: Joylar "Feyenoord", PSV va "Villem II"ga berildi.


- So'nggi yo'llanma uchun kurashni alohida ko'rib chiqish kerak - bu erda "Utrext" jabr ko'rmoqda. Ular "Villem"dan bor-yo'g'i 3 ochko orqada, ammo "Utrext" zaxirasida bitta o'yin bor, raqibidan 13ta ko'p gol urgan va o'zaro uchrashuvlarda 4 ochko to'plagan.


Durang qayd etilgan javob o'yini mojaro bilan yakunlangan edi: "Villem" foldan so'ng 90-daqiqada gol urdi. Biroq takroriy lavhani ko'rgan hakam foldan keyin boshqa hujum boshlandi deb hisobladi, shu sababli golni bekor qilmadi.


Ammo bu hammasi emas. "Utrext" Niderlandiya Kubogi finaliga chiqdi va u erda "Feyenoord" bilan bellashishi kerak edi. Bahs bekor qilindi, ammo huquqshunoslar "Feyenoord"ning g'alabasini tan olishni taklif qilishdi. Har qanday holatda ham "Utrext" joylar taqsimlanishidan noroziligini bildirib, rasmiy murojaat bilan chiqdi.


"Biz maydonda evrokubok yo'llanmasi uchun kurash olib bordik, agar uni bizga berishmasa sudga murojaat qilamiz. Direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror futbolni sharmanda qilmoqda, shu sababli "Utrext" bu qarorga qarshi" - deyiladi rasmiy bayonotda.


"Villem"ni esa hammasi qoniqtirmoqda - klubdagilar qarorni adolatli deb hisoblashyapti.


Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi klublarning poziciyasiga qaramay mavsumni bekor qildi va bu katta mojaroga sabab bo'ldi


34ta jamoaning (2ta divizion vakillari) 16tasi ushbu qarorga qo'shilishdi, 9ta klub qarshi ekanligini malum qildi va yana 9tasi hech qanday fikr bildirmadi. Masalan, "Xerakles" shunday bayonot bilan chiqdi: "Qo'nshni ligadagilar taqdirini biz hal qilmaymiz".


Liga rahbariyati biror fikr bo'yicha ko'p ovoz to'planmadi deb hisoblashdi, shu sababli ular reglamentga ko'ra o'zlari ishga kirishishdi.


- Ligani hech kim tark etmaydi: Xavfli hududda bo'lgan "Den Xaag" va "Valveyk" chempionatda jon saqlab qolishadi. Ikkinchi ligada etakchilik qilayotgan "Kambyur" va "De Grafsxap" yuqori ligaga ko'chmaydi, yana o'z divizionida to'p tepadi. Ikkinchi ligani ham hech kim tark etmaydi.


Ushbu qaror "Kombyur" va "De Grafsxap"ga yoqmagani aniq. "Kambyur" direktori Ard de Graf ijtimoiy tarmoqda quyidagi gaplarni yozib qoldirdi: "Qanday ajoyib spektakl! 16ta klub rozi, 9tasi esa qarshi. Ammo rahbariyat fikr bildirmagan 9ta klub qiziqishlari doirasida qaror qabul qildi". Leuvarden meri "Kombyur"ni qo'llab ijtimoiy tarmoqqa quyidagi so'zlarni yozdi: "Sizlar biz uchun chempionlarsiz".


Klub bosh murabbiyi ham g'azabda: "Bu Niderlandiya sporti tarixidagi eng yirik sharmandalik. Doimo rahbariyatda halol insonlar ishlaydi deb o'ylaganman. Ammo hozirgi voqea - sport emas. Biroy bu uchun javob berishadi".


Bu barcha jamoalar "Utrext" kabi sudga murojaat qilishsa to'g'ri bo'lardi.


- UEFA oldinroq chempionatni o'z xohishiga ko'ra yakunlashni taklif qilgandi: Agar imkoniyat bo'lsa ligani yakunlash, agar bo'lmasa, evrokubok uchun ajratilgan joylarni adolatli taqsimlash.


Niderlandiyaning qaroriga FOX Sports telekompaniyasining bayonoti - har qanday holatda ham translyaciya uchun ajratilgan 25 mln. evroni to'lab berish tasir ko'rsatdi. Hech bo'lmaganda mana shunday xavfsizlik yostiqchasi bor.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика