"Nicca" Zazani ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2018
"Valensiya" hujumchisi Simone Zaza "Nicca"ga o'tishi mumkin.

Fransiya klubi 27 yoshli italiyalikni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

"Valensiya" forvard ijarasidan 2-3 mln. evro ishlab olmoqchi, klublar badal puli borasida muzokara o'tkazishmoqda.

Zaza so'nggi mavsum Ispaniya chempionatining 33ta uchrashuvida 13ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Deportes Cope