"Nicca" Klyuyvert bilan muzokaralar olib bormoqda
10 iyu 2021 12:38
Yangiliklar
"Nicca" Klyuyvert bilan muzokaralar olib bormoqda
"Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
"Nicca" 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfermarkt o'yinchini 14 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Klyuyvert 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "Leypcig"da o'tkazdi.
Jastin o'tgan mavsum jamoa tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar