Neymarning Xitoydagi tadbiri bekor bo'lgani yo'q
29 iyu 2017 12:28
Yangiliklar
Neymarning Xitoydagi tadbiri bekor bo'lgani yo'q
"Barselona" hujumchisi, Evropa OAV PSJ bilan bog'layotgan Neymar kelasi hafta Xitoyga borishi uning transferi tufayli bekor bo'lgani haqidagi malumotlarni rad etdi.
Braziliyalik futbolchi Xitoy aholisiga yuzlandi va reklama turi doirasida mamlakatga tashrif buyurishini malum qildi.
"Xitoydagi muxlislarga salom! Men Neymar, bu esa "Weibo"dagi rasmiy akkauntim. Sizlar bilan tajribamni bo'lishmoqchiman. Dushanba kuni SHanxayda ko'rishamiz" - deb yozdi Neymar Weibo ijtimoiy tarmog'iga.
Oldinroq, braziliyalik transfer ishlari tufayli Xitoyga bormasligi elon qilingan edi.
Fikrlar