Neymarning apellyaciyasi rad etildi
19 iyu 2019 13:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502140_original.jpg)
![](/upload/storage/502140_220.jpg)
Neymarning apellyaciyasi rad etildi
Franciya futbol federaciyasi oliy apellyaciya qo'mitasi PSJ hujumchisi Neymarning 3ta o'yinlik diskvalifikaciya bo'yicha bergan appelyaciyasini rad etdi.
Braziliyalik futbolchi Franciya Kubogi final o'yini doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yindan so'ng muxlisning boshiga urgani uchun shartli ravishda 3ta o'yinga chetlatilgan edi.
Neymar 2ta o'yinni o'tkazib bo'ldi. Franciya Superkubogi uchun "Renn"ga qarshi kechadigan o'yin PSJ forvardi uchun 3-si bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Neymar oldin ham UEFA tomonidan 3ta o'yinga chetlatilgan. O'shanda CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tgan javob o'yinidagi harakatlari uchun jazoga tortilgan edi. Bu qaror uchun ham shikoyat xati yozilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar