Neymar tug'ilgan kunini "Eyfel" yonidagi klubda nishonladi. Mehmonlar ushbu kechaga faqat oq kiyimlarda tashrif buyurishdi
04 fev 2020 16:10
Yangiliklar
Neymar tug'ilgan kunini "Eyfel" yonidagi klubda nishonladi. Mehmonlar ushbu kechaga faqat oq kiyimlarda tashrif buyurishdi
Dunyo futboli yulduzi bayramni vaqtliroq o'tkazishga qaror qildi va 2 fevral kuni kecha uyushtirdi. Har yili tavallud ayyomini dabdabali o'tkazadigan braziliyalik bu safar ham xuddi shu ishni takrorladi. Bayram "Eyfel" minorasi yonginasidagi "Yoyo Palais De Tokyo" klubida o'tkazildi. Tug'ilgan kun dress kodi oq rang edi yani kecha ishtirokchilari marosimga faqat oq rangli kiyimlarda tashrif buyurishdi.

Klubga birinchi bo'lib mezbon - Neymar tashrif buyurdi. Uning atrofini tansoqchilar o'rab turardi


Keyin katta Neymar, futbolchining otasi paydo bo'ldi. U ham oq libosda, biroq yomg'irdan saqlanish uchun ustiga qora plash tashlab olgandi


Navbat mehmonlarga. Bu PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes va uning qiz o'rtog'i



Edinson Kavani va Jozelin Burgard

Mauro Ikardi kutilganidek xotini Vanda Nara bilan tashrif buyurdi

Ushbu italiyalikni tanigan bo'lsangiz kerak. Marko Verratti

Anxel Di Mariya va uning xotini Xorxelina Kardozo

Memfis Depay boshqa klub vakili bo'lsada, Neymar uni tug'ilgan kuniga taklif etibdi. Hamma o'zi bilan alohida sovg'a olib kelgan

Bu esa kechaning barcha mehmonlari
Aytgancha, Neymar kecha jarohat olibdi. Braziliyalik 2018, 2019 yillarda ham tug'ilgan kuniga yaqin jarohat olgan edi. Tasodif deb o'ylaysizmi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar