Neymar to'pig'idan olgan jarohati tufayli qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum
21 fev 2023 11:15
Yangiliklar


Neymar to'pig'idan olgan jarohati tufayli qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum
"L'Equipe" nashri PSJ hujumchisi Neymarning Liga 1 24-turi doirasidagi "Lill"ga qarshi (4:3) uchrashuvida olgan jarohati tafsilotlarini oshkor qildi.
Birinchi tekshiruvda braziliyalikda o'ng to'piq bo'g'imida shikastlanish aniqlangan. Neymar 3-4 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda, bu esa uning "Bavariya"ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yinidagi ishtirokini deyarli istisno qiladi.
"Bavariya" – PSJ uchrashuvi 8 mart kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda "Bavariya" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar