Neymar: “Sport formamni bir maromda ushlashga intilayapman, ammo bu oson emas”
17 may 2020 07:25
Yangiliklar


Neymar: “Sport formamni bir maromda ushlashga intilayapman, ammo bu oson emas”
“Karantin davrini oilam davrasida o'tkazishni reja qilganman. Ammo har kuni mashg'ulotlarni davom ettirayapman. Sport formamni saqlab qolishga intilayapman, ammo bu oson emas. Hali oldimda ko'plab muhim o'yinlar bor, shu bois mashg'ulotlarni to'xtatish haqida o'ylayotganim yo'q. Men jamoa bilan qay tarzda mashg'ulotlar o'tkazgan bo'lsam, o'sha ritmda individual mashg'ulot o'tkazib kelayapman. Bu mashqlarni maksimal tarzda, astoydil bajarishga intilayapman. Odatiy futbol uchrashuvlarini sog'indim, murabbiylarimizing biz uchun tayyorlagan dasturlarini bajarishni kanda qilganim yo'q”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.
Franciya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakuniga etkazilgan va PSJ mamlakat chempioni deya elon qilingan. Ammo Tuxel jamoasi ECHL ¼ finalida o'z yurishini davom ettirmoqda. Ushbu turnir UEFA tomonidan avgust oyida davom ettirilishi mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar