Neymar PSJning qatarlik rahbarlari buyrug'i bilan sotuvga qo'yiladi
23 may 2022 14:52
Yangiliklar
Neymar PSJning qatarlik rahbarlari buyrug'i bilan sotuvga qo'yiladi
PSJ hujumchi Neymar bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmoqda.
30 yoshli o'yinchi jamoaga egalik qiluvchi qatarlik vakillarning bevosita ko'rsatmasi bilan sotuvga qo'yilishi kerak. Uning ketishi shuningdek forvard Kilian Mbappe bilan ko'p millionlik yangi shartnoma imzolanishi bilan bog'liq.
Ammo, braziliyalikning moliyaviy so'rovi PSJning Neymarni tezroq sotishiga halal berishi mumkin. U haftasiga 580 ming atrofida ishlaydi.
Neymar joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar